28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:34
Siyosat 👁 1,201

Amudaryoda “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuvlar oʻtkazildi

Amudaryoda “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuvlar oʻtkazildi

Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Zero, har bir davlatning ertangi kuni, taraqqiyoti va farovonligi aynan yosh avlodning bilimli, salohiyatli va vatanparvar boʻlib voyaga yetishiga bogʻliq. Shu bois mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini taʼminlash hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvi davomida ham bu masalalarga alohida eʼtibor qaratilib, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslardan biri sifatida endilikda har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. Bu esa joylarda yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda iqtidor va qobiliyatini roʻyobga chiqarish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Mazkur tashabbus ijrosi doirasida 5-mart kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi tuman rahbarlari Qipchoq shaharchasi hududida joylashgan 1-son texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida taʼlim maskanida olib borilayotgan oʻquv jarayonlari, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning qiziqishlari asosida tashkil etilgan turli toʻgaraklar faoliyati oʻrganildi.

Texnikumda yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, oʻquvchilarga zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratilgani alohida qayd etildi. Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan sport toʻgaraklari faoliyati ham koʻzdan kechirildi.

Xususan, voleybol hamda milliy kurash toʻgaraklari mashgʻulotlari bilan tanishish jarayonida yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishi, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi. Sport bilan muntazam shugʻullanish yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki irodasi va intilishlarini mustahkamlashda ham muhim omil ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, tashrif davomida hududdagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv avvalida maktabda taʼlim olayotgan iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlari va sanʼat namunalari namoyish etildi.

Yosh ijodkorlar tomonidan ijro etilgan betakror kuy-qoʻshiqlar, milliy cholgʻu asboblarida ijro etilgan musiqiy kompozitsiyalar hamda yosh rassomlarning rang-barang ijod namunalari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yoshlarning sanʼatga boʻlgan qiziqishi, ularning isteʼdodi va ijodiy salohiyati barchani quvontirdi.

Shundan soʻng yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bandlikni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yer maydonlari ajratish hamda kasb-hunar oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan qator murojaat va takliflar bildirildi.

Masʼul rahbarlar tomonidan har bir murojaat alohida koʻrib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrilishi taʼkidlandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qolgan murojaatlar ijrosi boʻyicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda yoshlarning bilimli, tashabbuskor va faol boʻlib voyaga yetishi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

Amudaryo tumanida tashkil etilayotgan bunday uchrashuv va tadbirlar yoshlarning orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda kelajakda yetuk mutaxassis, vatanparvar insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi uchrashuv va ochiq muloqotlar tumanning boshqa mahallalarida ham izchil davom ettiriladi. Bu esa yoshlarning muammolarini oʻz vaqtida hal etish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda har bir yoshning jamiyatda munosib oʻrin egallashiga zamin yaratadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026