28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:12
Jamiyat 👁 280

“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi

“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, keksa avlod vakillariga ehtirom koʻrsatish, yoshlarni milliy qadriyatlar va hayotiy saboqlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ezgu anʼanalar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, nuroniylarning boy tajribasini jamiyat taraqqiyotiga daxldor muhim maʼnaviy boylik sifatida qadrlash, ularning hayot yoʻli va ibratli faoliyatini yosh avlodga namuna qilib koʻrsatish bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega tadbirlardan biri Amudaryo tumanida oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” boʻldi.

Mazkur tadbir mazmun-mohiyati bilan nafaqat uch avlod — yoshlar, oʻrta va keksa avlod vakillarini bir davrada jamlagani, balki ular oʻrtasidagi maʼnaviy bogʻliqlikni yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli boʻldi. Uchrashuv davomida hayotning turli sinovlaridan oʻtgan, mehnat va jamoat faoliyatida katta tajriba toʻplagan nuroniylar bilan yoshlar oʻrtasida samimiy muloqot maydoni yaratildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi Tursunboy Abdijabbarov, jamgʻarmaning tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, shuningdek turli sohalarda faoliyat yuritib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va madaniy rivojiga munosib hissa qoʻshgan, ayni paytda nafaqada keksalik gashtini surayotgan nuroniylar ishtirok etdilar. Uchrashuvda faxriylar hayot yoʻli, mehnat faoliyati, yurt ravnaqi yoʻlida qilingan xizmatlar va bugungi tinch-osoyishta hayotning qadri haqida fikr almashdilar.

Ayniqsa, yoshi ulugʻ faxriylarning hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida aytgan dil soʻzlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Nuroniylar har bir davrning oʻz sinovi, oʻz masʼuliyati boʻlishini, biroq halol mehnat, sabr, matonat va vatanga sadoqat insonni hamisha yuksaklikka olib chiqishini alohida taʼkidladilar. Ularning samimiy xotiralari, hayotiy misollar bilan boyitilgan fikr-mulohazalari, ayniqsa yoshlar uchun oʻziga xos hayot darsi boʻldi.

Uchrashuv davomida tumanda davlat organlarida, jamoat tashkilotlarida bir necha yillar samarali mehnat qilgan Rustam Roʻzmetovga “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni topshirildi. Bu eʼtirof uning koʻp yillik samarali mehnati, el-yurt xizmatidagi fidoyiligiga berilgan munosib baho boʻldi.

Rustam Roʻzmetov mehnat faoliyatining ilk yillarida tumanimizdagi 30-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik tuman ijroiya qoʻmitasida faoliyat yuritgan. 1991-1996-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Amudaryo tumani Kengashi kotibi, birinchi kotibi lavozimlarida, 1996-2004-yillarda esa tuman hokimligida hokimning birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda sidqidildan mehnat qilgan. Uning ayniqsa “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman boʻlinmasi raisi sifatida mahallani aholiga chinakam xizmat koʻrsatuvchi xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi xizmatlari alohida eʼtirofga sazovor.

Tadbir davomida, shuningdek, mahalla hayotidagi samarali ishtiroki, yosh avlodni milliy qadriyatlar, odob-axloq va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli mehnati, shuningdek mahallada tinchlik, ahillik va totuvlikni mustahkamlashga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun bir guruh nuroniylar tuman hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida keksa avlod vakillarining jamiyat hayotidagi oʻrni, ularning oila va mahalladagi oʻrnak boʻlarli faoliyati, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashdagi hissasi haqida ham alohida soʻz yuritildi. Qayd etilganidek, nuroniylar — mahallaning fayzi, xonadonlarning barakasi, yoshlar uchun esa donishmand maslahatgoʻydir. Shu bois ularga ehtirom koʻrsatish, holidan xabar olish, hayotiy tajribasidan bahramand boʻlish xalqimizga xos yuksak qadriyatlardan biridir.

Shu kuni “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi Tursunboy Abdijabbarov boshchiligidagi masʼullar tumanning Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi Yoʻldosh Allaberganov xonadonida ham boʻldilar. U yerda oila rahbari bilan samimiy muloqot oʻtkazilib, uning hayot yoʻli, mehnat faoliyati, mahalla va tuman taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida iliq fikrlar bildirildi. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qoʻshgan Yoʻldosh Allaberganovga ham “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni topshirildi.

Bu eʼtirof nuroniylarning koʻp yillik halol mehnati, el manfaati yoʻlidagi xizmatlari hech qachon unutilmasligi, ularning hayot yoʻli bugungi va ertangi avlod uchun hamisha ibrat maktabi boʻlib qolishini anglatadi. Zero, yurt taraqqiyoti yoʻlida fidokorona mehnat qilgan insonlarni qadrlash — bu jamiyatning oʻz tarixi, oʻz qadriyatlari va oʻz kelajagiga boʻlgan hurmatidir.

Shuningdek, shu mahallada istiqomat qiluvchi 97 yoshli nuroniy Quvvat Abdurahmonov holidan ham xabar olindi. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan tabarruk otaxonga bayram sovgʻalari topshirilib, duolari olindi. Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik nuroniylar qalbidagi mamnuniyatni yanada oshirishi, jamiyatda mehr-oqibat, hurmat va insonparvarlik muhitini mustahkamlashi bilan qimmatlidir.

Xulosa oʻrnida aytish joizki, Amudaryo tumanida oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy koʻprikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayot tajribasini eʼtirof etish va yoshlarni shu ruhda tarbiyalashga xizmat qilgan muhim maʼnaviy tadbir boʻldi. U nafaqat keksa avlodga ehtirom ifodasi, balki kelajak egalari 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026