28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Jamiyat 👁 284

QANGLI OVULI: YaNGILANISh VA OʻZGARIShLAR MASKANI

QANGLI OVULI: YaNGILANISh VA OʻZGARIShLAR MASKANI

Qangli ovuli Amudaryo tumanining eng chekka hududlaridan biri boʻlib, aholisining sodda va samimiyligi, mehnatkashligi hamda yangilikka intilishi bilan nom qozongan. Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati, Gubadag tumani bilan chegaradosh boʻlgan ushbu ovul tarkibiga Xonjigʻoli, Pishkakli, Vaxum yop va Matar yop aholi punktlari kiradi. Hududda jami 57 ta koʻcha va 628 ta xonadon mavjud boʻlib, 932 ta oilada jami 3482 nafar aholi istiqomat qiladi. Eʼtiborli jihati shundaki, aholining yarmidan koʻpi, yaʼni 1753 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardan iborat.

Millatlar kesimida ovul ahlining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa-da, bu yerda qoraqalpoq, turkman, qozoq, qirgʻiz va tatar millatlariga mansub aholi vakillari ham tinch-totuv, hamjihatlikda yashab kelmoqda.

Ovul ahlining 551 nafari pensioner, 79 nafari nogironligi boʻlgan shaxslardir. 58 ta kam taʼminlangan, 8 ta boquvchisini yoʻqotgan oilalar, 15 nafar yetim bolalar esa doimo davlat va jamiyat gʻamxoʻrligida. Ovul hududida 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta maktab faoliyat yuritib, ularda jami 688 nafar bolalar, oʻsmirlar hamda yoshlar taʼlim-tarbiya olmoqda.

Ovulda bandlik va tadbirkorlik masalalari ham masʼullarning doimiy diqqat markazida. Korxona va tashkilotlarda 1189 nafar fuqaro mehnat qilmoqda. Tadbirkorlik bilan band aholi soni 329 nafarni tashkil etadi. Ayniqsa, ularning 216 nafari chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgani ovul iqtisodiyotida agrar tarmoqlar ustuvor oʻrin tutishini koʻrsatadi.

Mavsumiy ishlar bilan band fuqarolar 374 nafarni, oʻzini oʻzi band qilganlar esa 117 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 753 nafar ishsiz fuqaro borligi kelgusida ovulda yangi ish oʻrinlari yaratish, kasbga oʻqitish va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yayanada koʻproq ish olib borish zarurligini koʻrsatadi. Fuqarolar yigʻini raisi rahbarligida “Mahalla yettiligi” aʼzolari bu borada samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.

“Mahalla yettiligi”ning amaliy yordami bilan ovul hududida yangi ish boshlagan dorixona aholiga tibbiy vositalar va dori-darmonlarni oʻz vaqtida hamda qulay sharoitda taklif qilmoqda. Ilgari dori vositalari uchun uzoq manzillarga borishga majbur boʻlgan fuqarolar endi hududning oʻzida xizmatdan foydalanmoqda. Eng muhimi, yangi dorixona ochilishi natijasida qoʻshimcha ish oʻrinlari ham yaratildi. Bu esa nafaqat sogʻliqni saqlash xizmatlari sifatini oshirishga, balki aholi bandligini taʼminlashga ham xizmat qilmoqda.

“Jasurbek-Muyassar” MChJ esa xizmat koʻrsatish sohasida samarali faoliyat yuritib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, korxona tomonidan tayyorlanayotgan non va non mahsulotlariga talab yuqori. Mahsulotlarning toʻyimliligi, sifatli undan tayyorlanayotgani va oʻziga xos taʼmi xaridorlarga manzur boʻlmoqda. Eng muhimi, bunday korxonalar hudud iqtisodiyoti rivojiga, aholi bandligiga va dasturxonlar toʻkinligiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Hududda yashovchi tadbirkor Anvar Muratov tomonidan 2025-yilda ikki qavatli tadbirkorlik obʼektini qurish ishlari boshlangan edi. Ayni paytda ushbu inshoot qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilish arafasida. Rejaga koʻra, mazkur obʼekt joriy yilning may oyida ishga tushiriladi. Yangi obʼektning ish boshlashi ovul hududida xizmat koʻrsatish va servis sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, aholiga turli maishiy xizmatlarni hududning oʻzida koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Bu esa fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik tugʻdirib, hududning iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qangli ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriyati va “Mahalla yettiligi” tomonidan kam taʼminlangan hamda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kambagʻalikni qisqartirish, oilalarning daromad manbaini yaratish va ularni mehnatga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ovulda yashovchi Gulnora Rajapova kambagʻalik reyestrida turgani bois, unga homiylar tomonidan bir sotixlik issiqxona qurib berildi. Bugungi kunda mazkur issiqxona oilaning barqaror daromad manbaiga aylanib, turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi Qangli ovuli aholisi turmushida alohida oʻrin tutadi. Aholi ixtiyoridagi umumiy tomorqa maydoni 162 gektarni tashkil etib, 628 ta xonadonning shaxsiy tomorqasi mavjud. Shundan 245 ta xonadonda qoʻshimcha dala tomorqasi bor, 10 ta xonadonda esa issiqxona tashkil etilgan. Ovuldagi 495 ta xonadonda uy hayvonlari boqiladi. Qolaversa, 519 ta oila uy parrandachiligi bilan shugʻullanib, jami 34 ming 210 bosh parranda parvarish qilinmoqda. 11 ta oila asalarichilik bilan, 2 ta oila esa baliqchilik bilan shugʻullanadi.

Rufat Saparov chorvachilik boʻyicha kredit olib, ushbu soha rivojiga hamda oilasining moddiy farovonligiga munosib hissasini qoʻshmoqda. U kelgusida bankdan kredit olib, foliyatini yanada kengatirishni rejalashtirmoqda.

Qangli ovulida jami 10 ta savdo doʻkoni, 2 ta toʻyxona, 4 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, bittadan qishloq vrachlik punkti hamda madaniyat uyi mavjud. Aholining yaxshi kunlarida xizmat qilish maqsadida qanglilik yana bir tadbirkor Sherzod Saparbayev toʻyxona qurib, yaqin kunlar ichida foydalanishga topshirish arafasida. Eng muhimi, oilaviy korxonada 10 ta yangi ish oʻrni yaratilib, ovul yoshlari ish bilan taʼminlandi.

Aholi turmush farovonligi va tadbirkorlik rivoji asosan elektr energiyasining uzluksizligiga bogʻliq. Ayniqsa, “yashil” energiyaning ahamiyati yil sayin ortib bormoqda. Shu sababli davlatimiz tomonidan quyosh elektr stantsiyalarini qurish ishlari har tomonlama ragʻbatlantirilmoqda. Qangli ovuli tumanning ogʻir toifadagi hududlaridan biri sanalgani bois, ovulga davlat tomonidan 200 kVt quvvatli quyosh panellari oʻrnatilmoqda. Kelgusida kambagʻal oilalarning 4 nafar aʼzosi bu yerda doimiy ish bilan taʼminlanadi. Quyosh elektr stantsiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining sotilishidan tushgan daromad evaziga ovul hududida boshqa xayrli ishlarni moliyalashtirish imkoniyati ham yaratiladi.

Qangli ovuli tumanning eng chekkasida joylashgan hudud boʻlishiga qaramay, bugun bu yerda taraqqiyot va yangilanish nafasi kezmoqda. Qangliliklar davlat va hukumat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, gʻoya va tashabbuslarini loyihalarga aylantirmoqda, loyihalarni esa hayotga tatbiq qilmoqda. Ertangi kunga boʻlgan ishonch esa ularni yangi marralar va muvaffaqiyatlarga yetaklamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026