28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Jamiyat 👁 226

Ichimlik suvining sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilmoqda

Ichimlik suvining sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilmoqda

Suv — nafaqat hayot manbai, balki kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyat demakdir. Ayniqsa, ekologik muvozanatni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish global ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda, ichimlik suvining har bir tomchisini qadrlash dolzarb masalaga aylangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi bu borada tizimli nazoratni amalga oshirib, sohada qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida samarali faoliyat yuritmoqda qilmoqda.

Bu borada avvalo isteʼmol qilinayotgan suvning sifat koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, aholi salomatligi bevosita isteʼmol qilinayotgan suvning tozaligiga bogʻliq. Shu sababli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan yaqin hamkorlik oʻrnatilib, hududlar kesimida ichimlik suvi sifati boʻyicha jami 213 ta laboratoriya tahlillari olindi. Bu koʻrsatkich har bir xonadonga va tashkilotga yetib borayotgan suvning davlat standartlariga muvofiqligini taʼminlash yoʻlidagi muhim qadamdir.

Inspektsiyaning ichimlik suvidan oqilona foydalanish va sotishni muvofiqlashtirish hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish boʻlimi xodimlari rejaga asosan Amudaryo tumanida ham boʻlib, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlari va tashkilotlarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifatini taʼminlash borasida oʻrganish ishlarini olib bordilar.

Nazorat tadbirlari faqatgina sifat bilan cheklanib qolmay, balki davlat mablagʻlaridan foydalanuvchi tashkilotlardagi ichki intizomni ham qamrab olmoqda. Birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 63 ta byudjet tashkilotlarida ichimlik suvidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi holati chuqur oʻrganildi.

Afsuski, tekshiruvlar natijasida 15 ta holatda jiddiy kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan va belgilangan tartib-qoidalarni buzgan 7 nafar byudjet tashkiloti xodimlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan jami 30 million soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanildi. Bu choralar davlat mulki va resurslariga boʻlgan munosabatni tubdan oʻzgartirishga xizmat qiladi.

Inspektsiya oldida turgan eng asosiy vazifa — faqatgina jazolash emas, balki aholi va tadbirkorlar oʻrtasida suvdan foydalanishning yuksak madaniyatini shakllantirish, aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining belgilangan talablarga mos boʻlishini taʼminlashdir. Zero, sifat bor joyda salomatlik boʻladi, tejamkorlik bor joyda esa isrofgarchilikka chek qoʻyiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar suv taʼminotida uzluksizlikni taʼminlash va sifatni kafolatlashga qaratilgan yaxlit strategiyaning bir qismidir. Zero, suv — bu shunchaki resurs emas, balki millatning sogʻligʻi, iqtisodiyotning barqarorligi va farovon turmushning kafolatidir.

Sohadagi nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilib, har bir tomchi suvning hisob-kitobli, xizmatlar sifatining esa yuqori darajada boʻlishi taʼminlanadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026