28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:15
Jamiyat 👁 217

“Yoshlar kuni”da zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

“Yoshlar kuni”da zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24-fevral kungi uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslarga muvofiq, har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, joylarda yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini oʻrganish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida 26-mart kuni Amudaryo tumani Daryo boʻyi mahallasida, 65-sonli umumtaʼlim maktabi hududida zamonaviy, usti yopiq sunʼiy qoplamali universal sport maydonchasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi yuqori bayramona ruhda oʻtdi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Bahrom Masharipov, turli tashkilot va boʻlim rahbarlari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida soʻzga chiqqan tuman hokimi mazkur sport inshooti yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning isteʼdod va salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim omil boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidladi hamda mahalla ahlini ushbu quvonchli voqea bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng ramziy tasma qirqilib, yangi sport maydonchasi rasman foydalanishga topshirildi. Tadbir doirasida mahallaning futbol va voleybol yoʻnalishlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan iqtidorli yosh sportchilari ragʻbatlantirilib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayramona muhit mahalla ahli tomonidan yanada koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Keng dasturxon yozilib, katta qozonlarda osh damlanib, mehmonlarga tortiq qilindi. Bu esa mahalladagi ahillik, birdamlik va hamjihatlikning yorqin ifodasi boʻldi.

Mazkur sport maydonchasi “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil 4-mavsumida gʻolib boʻlgan loyiha asosida barpo etildi. Uning gʻoliblikka erishishida mahalla ahlining yakdil saʼy-harakatlari, yosh-u qari barcha qatlam vakillarining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etdi. Ochilish marosimida yigʻilganlarning yuz-koʻzida aks etgan quvonch va faxr tuygʻulari bu hamjihatlikning amaliy natijasini yaqqol namoyon etdi.

Qurilish ishlari “Tuproqqalʼa maxsus qurilish” MChJ tomonidan 1 milliard 329 million soʻm mablagʻ evaziga sifatli amalga oshirildi. Universal sport majmuasi futbol, voleybol va basketbol sport turlari bilan shugʻullanish uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlangan boʻlib, u yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda professional sportga yoʻnaltirishda muhim maskan vazifasini oʻtaydi.

Tadbirning mantiqiy davomi sifatida mahalla fuqarolar yigʻini binosida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda rahbarlar yoshlarning muammo va takliflarini tinglab, ularni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va hayotiy rejalarini amalga oshirishga koʻmaklashish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, yoshlar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish bilan taʼminlanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni ajratish, chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olish kabi masalalarda murojaat qildilar. Bildirilgan taklif va muammolar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shubhasiz, bunday bunyodkorlik ishlari va ochiq muloqotlar yoshlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlab, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Amudaryo tumanida foydalanishga topshirilgan ushbu zamonaviy sport maydonchasi esa nafaqat sport inshooti, balki yoshlarning orzulari roʻyobga chiqadigan, ularning isteʼdodi va salohiyati charxlanadigan muhim maskan sifatida xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026