Yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar — amaliy natijalarga aylanmoqda
Mamlakatimizda yoşlarni iş bilan taʼminlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ayniqsa, tadbirkorlikka keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar bugun öz mevasini bermoqda. Bu islohotlar nafaqat şahar markazlarida, balki çekka-çekka ovul va mahallalarda ham öz aksini topayotgani diqqatga sazovordir. Bir paytlar iş qidirib, öz yölini topişga qiynalgan yigit-qizlar bugun nafaqat özlarini band qilmoqdalar, balki tengdoşlari uçun ham yangi iş örinlari yaratib, haqiqiy zamon qahramonlariga aylanmoqdalar. Ana şunday şijoatli va izlanuvçan yoşlardan biri amudaryolik Isroil Ismoilovdir.
Bundan atigi ikki yil avval Isroil ham köpçilik tengdoşlari qatori işsiz, kelajakka katta umid, ammo biroz xavotir bilan boqar edi. Biroq davlatimiz tomonidan yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar uning hayotida buriliş yasadi. U mamlakatimizda yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanişga qaror qildi. Öz orzusini röyobga çiqariş yölida dadil qadam taşlab, bankdan 100 million söm miqdorida imtiyozli kredit oldi. Bu mablağ nafaqat bir yoş yigitning biznesi uçun boşlanğiç kapital, balki uning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uçun berilgan işonç ramzi ham edi.
Isroil Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida avtomobillarni taʼmirlaş şoxobçasini taşkil etdi. Uning saʼy-harakatlari natijasida ovulda yana ikki nafar yoşlar ham doimiy iş örniga ega böldi. Bu degani, yana ikkita oilaga daromad kirdi, ikki nafar yoş yigit ustaçilik sirlarini örganib, hunar egasiga aylandi.
Isroilning faoliyati faqatgina avtomobillarga texnik xizmat körsatiş bilan çeklanib qolmadi. U iş jarayonida mijozlarning ehtiyojlarini sinçiklab örgandi va muhim bir muammoni payqadi. Ilgari avtoustaxonaga kelayotgan haydovçilar ehtiyot qismlarini oliş uçun tuman markaziga borişga majbur bölardilar. Bu esa ortiqça vaqt va xarajat demakdir. Mijozlarning ovoragarçiligiga çek qöyiş maqsadida, lavhamiz qahramoni ustaxona qoşida avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvçi dökon faoliyatini ham yölga qöydi. Endilikda ovuldoşlari va şu atrofdan ötuvçi haydovçilar ustaxona xizmatlaridan foydalaniş bilan birga ehtiyot qismlarni ham şu yerning özidan xarid qilişmoqda.
Bunday muvaffaqiyatlar zamirida avvalo tinimsiz mehnat va davlat tomonidan körsatilayotgan yuksak eʼtibor mujassam. Isroil Ismoilovning bugungi faoliyati – mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng çekka hududlardagi jonli ifodasidir. Uning maqsadlari esa yanada ulkan. Qahramonimiz erişilgan natijalar bilan töxtab qolmoqçi emas. U kelgusida Amudaryo tumanining boşqa hududlarida ham şunday zamonaviy servis şoxobçalarini oçişni rejalaştirgan. Bu esa yana önlab yangi iş örinlari, yana köplab yoşlarning bandligi va hududlarda tadbirkorlikning yanada rivojlanişi demakdir.
Isroilning tajribasi şuni körsatadiki, harakat qilgan va berilgan imkoniyatdan töğri foydalangan yoşlar heç qaçon kam bölmaydi. Bu kabi jasoratli va taşabbuskor yoşlarning köpayişi yurtimiz iqtisodiyotining barqarorligini taʼminlaş bilan birga, boşqa tengdoşlari uçun ham öziga xos motivatsiya manbai bölib xizmat qiladi. Zero, har bir yoş tadbirkorning muvaffaqiyati – butun mamlakatning yutuği va ertangi porloq kelajagimizning kafolatidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶