Gaz taʼminoti barqarorligi — turmuş farovonligining muhim omilidir
Aholi farovonligini taʼminlaşda energetika tizimining barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xonadonlardagi fayz va baraka, avvalo, uyimizdagi issiqlik va yoruğlik bilan bevosita boğliqdir. Ayni şu maqsad yölida "Hududgaz Qoraqalpoğiston" gaz taʼminoti filialining "Amudaryotumangaz" bölimi tomonidan tizimli va izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Amudaryo tumanida tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş masalasi alohida nazoratga olingan bölib, bu jarayonda har bir isteʼmolçining manfaati va xavfsizligi boş mezon etib belgilangan.
Bugungi kunda tuman böyiça suyultirilgan gaz isteʼmolçilarining umumiy soni 25 ming 933 tani taşkil etmoqda. Ularning asosiy qismi, yaʼni 25 ming 893 tasi aholi xonadonlaridir. Bu körsatkiç tuman aholisining salmoqli qismi aynan mana şu turdagi yoqilği turiga ehtiyoj sezişini va tizimning masʼuliyati neçoğlik yuqori ekanligini körsatadi.
Geografik jihatdan keng hududni qamrab olgan Amudaryo tumanida gaz taʼminotining logistikasi va infratuzilmasi ham zamon talablariga mos ravişda şakllantirilgan. Ayni paytda tuman böyiça jami 38 ta ovul va mahalla töliq suyultirilgan gaz isteʼmoliga moslaştirilgan. Uşbu mahallalarda istiqomat qiluvçi fuqarolarga qulaylik yaratiş, gaz ballonlarini öz vaqtida va sifatli yetkazib beriş maqsadida maxsus tizim yölga qöyilgan. Xususan, tuman hududida 1 ta ixtisoslaştirilgan servis markazi hamda 7 ta tarqatiş şaxobçasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur maskanlar orqali suyultirilgan gaz isteʼmolçilarga belgilangan grafiklar asosida, tartibli ravişda yetkazib berilmoqda.
Nafaqat suyultirilgan, balki tabiiy gaz bilan isteʼmolçilarni uzluksiz taʼminlaş masalasi ham soha xodimlarining diqqat markazida. Tahlillar şuni körsatdiki, 2024 va 2025-yillarda kelib tuşgan murojaatlarning asosiy qismi aynan tabiiy gaz bosimining pastligi bilan boğliq bölgan. Isteʼmolçilarning haqli eʼtirozlarini inobatga olgan holda, "Hududgaz Qoraqalpoğiston" gaz taʼminoti filiali tomonidan maxsus reja işlab çiqildi va tumanda keng kölamli modernizatsiya işlari boşlab yuborildi.
2024-yilning özida jami 8,3 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari yangidan rekonstruktsiya qilindi. Uşbu jarayonda tumanning Çordara, Navoiy, Böston va Oybek nomli mahallalari hamda Örta qalʼa ovuli hududlarida gaz quvurlari halqasimon tarzda yangidan montaj qilindi. Uşbu murakkab muhandislik yeçimi aholi va ulgurji isteʼmolçilarga tabiiy gazni heç qanday uzilişlarsiz va bir maromda yetkazib beriş imkonini yaratdi. Endilikda mazkur hududlarda qişning eng sovuq kunlarida ham gaz bosimining barqarorligi taʼminlanmoqda, bu esa yuzlab oilalarning muşkulini oson qildi.
Işlar kölami joriy yilda ham susaytirilmagan holda davom ettirilmoqda. Belgilangan istiqbolli rejaga muvofiq, isteʼmolçilarga tayubiiy gazni yöqotişlarsiz va uzluksiz yetkazib beriş maqsadida Beruniy mahallasida 1,2 kilometr uzunlikdagi yangi örta bosimli gaz quvuri montaj qilindi. Şuningdek, Toş yop mahallasida yillar davomida yiğilib qolgan muammolarga çek qöyilib, 14,2 kilometrlik qöşqator va tartibsiz holatga kelib qolgan gaz quvurlari töliq tartibga keltirildi. Nafaqat texnik sozlaş, balki estetik taşqi köriniş va taşqi muhit taʼsiridan himoyani taʼminlaş maqsadida quvurlarni böyaş işlari ham sifatli amalga oşirildi. Bu kabi tadbirlar tarmoqdagi texnik yöqotişlarni kamaytiriş bilan birga, xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Amalga oşirilayotgan mazkur saʼy-harakatlarning samaradorligini raqamlar va aniq faktlar misolida yaqqol köriş mumkin. Agar eʼtibor qaratadigan bölsak, fuqarolarning davlat organlariga bölgan işonçi va murojaatlar bilan işlaş madaniyati yuksalayotgan bir davrda, muammolarning joyida hal etilişi murojaatlar sonining kamayişiga xizmat qilmoqda. Masalan, 2024-yil davomida Virtual qabulxona orqali jami 171 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, 2025-yilga kelib bu körsatkiç 53 tani taşkil etdi. Bu esa murojaatlar sonining sezilarli darajada, yaʼni 69 foizga kamayganidan dalolat beradi. Bunday ijobiy natija, öz-özidan paydo bölgani yöq, balki tizimdagi kamçiliklarni oldindan tahlil qiliş va ularni bartaraf etiş yölidagi qatʼiy qadamlar hosilasidir.
Joylarda ötkazilayotgan sayyor qabullarda aholi tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar imkon qadar şu joyning özida bartaraf qilinmoqda. Gaz taʼminotini yaxşilaş borasidagi uşbu amaliy işlar şunçaki rasmiyatçilik uçun emas, balki xalqimizning roziligini oliş yölidagi muhim qadamdir. Tizimli yondaşuv va aniq hisob-kitob asosida olib borilayotgan işlar yaqin istiqbolda hududning energetik xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqadi. Zero, soha xodimlarining tinimsiz mehnati va davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bir maqsadga – har bir xonadonda zangori olov öçmasligiga, har bir yurtdoşimizning turmuşi farovon bölişiga qaratilgan. Maqsad aniq, rejalar esa izçillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda, demak, közlangan natijalarga albatta erişiladi.
M.RAJAPOV, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti bölimining nazorat va murojaatlar böyiça yetakçi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶