Suv hisobida aniqlik — farovonlik garovi
Bugungi kunda suv – şunçaki tabiiy resurs emas, balki kelajak avlodlar hayotini belgilab beruvçi strategik neʼmatga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, iqlim özgarişining salbiy oqibatlari yaqqol sezilayotgan, suv taqçilligi dolzarb muammoga aylangan Orolböyi mintaqasida har bir tomçi suvning hisobini yuritiş va undan oqilona foydalaniş hayotiy zaruratdir.
Ana şunday muhim vazifalarni amalga oşiriş, suv xöjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni izçil tatbiq etiş maqsadida joriy yilning 6-aprel kuni Amudaryo tumanida "Oçiq kanallarda suvni ölçaşning zamonaviy usul va vositalari, ularni graduirovkalaş hamda qiyoslaş" mavzusiga bağişlangan mazkur seminar-trening ötkazildi. Mazkur tadbir soha mutaxassislari uçun nafaqat bilim almaşiş, balki yangi davr talablariga moslaşiş yölidagi navbatdagi muhim qadam böldi.
Uşbu tadbir şunçaki ilmiy anjuman emas, balki Orolböyi hududlarida amalga oşirilayotgan nufuzli "Aral Sea Wetlands" loyihasi doirasidagi tizimli işlarning uzviy davomidir. Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik fond hamkorligida taşkil etilgan uşbu seminar-treningda suv xöjaligi sohasining yetakçi mutaxassislari, aholi va fermer xöjaliklarining suv taʼminoti uçun bevosita masʼul bölgan taşkilotlar va xizmatlar vakillari iştirok etdilar.
Seminarning nazariy qismi iştirokçilar uçun boy axborot manbaiga aylandi. Unda oçiq suv obʼektlarida suv sarfini aniq ölçaşning eng sönggi yondaşuvlari, jahon tajribasida qöllanilayotgan zamonaviy ölçov asboblarining işlaş tamoyillari va ulardan foydalaniş samaradorligi atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, ölçov asboblarini graduirovkalaş va qiyoslaş tartiblari böyiça berilgan maʼlumotlar mutaxassislar uçun juda foydali böldi. Zero, suv hisobini yuritişda kiçik bir xatolik ham yakuniy natijada katta yöqotişlarga yoki notöğri taqsimotga olib kelişi mumkin. Şu bois, sohaga inson omilini kamaytirişga qaratilgan raqamli texnologiyalarni joriy etiş, avtomatik boşqaruv tizimlari orqali aniqlikni taʼminlaş masalalari maʼruzalar markazida böldi. Iştirokçilar suv hisobini yuritişda nafaqat miqdor, balki sifat va adolatli taqsimot mezonlari haqida ham yangi tuşunçalarga ega böldilar.
Seminar-trening faqatgina iştirokçilarga bilim beriş bilan çeklanib qolmay, Orolböyi mintaqasida suv resurslarini boşqarişning yangi strategiyasini şakllantirişda muhim poydevor bölib xizmat qiladi. Suv resurslari çeklangan şaroitda suv taqsimotida şaffoflikni oşiriş, korruptsiogen omillarni bartaraf etiş va suvdan foydalanuvçilar örtasida işonç muhitini yaratiş – bugungi kunning eng ustuvor vazifasidir. Zero, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşiriş orqali nafaqat suv xöjaligini modernizatsiya qiliş, balki tabiatni muhofaza qiliş va mintaqaviy ekologik barqarorlikni taʼminlaşga ham hissa qöşiş mumkin.
Tadbirning amaliy qismi Amudaryo tumanidagi "Manğit arna" kanalida davom etdi. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlaş maqsadida taşkil etilgan bu jarayon iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Bevosita dala şaroitida, suv böyida mutaxassislar zamonaviy maxsus uskunalar yordamida suv sarfini ölçaş jarayonlarida şaxsan qatnaşdilar.
Tajribali ekspertlar boşçiligida ölçaş işlarini töğri taşkil etiş, olingan natijalarni matematik va statistik hisoblaş hamda ularni çuqur tahlil qiliş böyiça körgazmali maşğulotlar ötkazildi. Bu jarayonda har bir iştirokçi zamonaviy asbob-uskunalar bilan işlaş könikmasini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldi. Amaliy maşğulotlar davomida "Manğit arna" kanalining öziga xos gidrologik xususiyatlari inobatga olingan holda, suv tejaş texnologiyalarini qöllaşning real imkoniyatlari körib çiqildi.
Mahalliy mutaxassislarning xalqaro taşkilotlar kömagida egallayotgan zamonaviy bilimlari kelgusida hududda suv taqçilligini yumşatiş va qişloq xöjaligi samaradorligini oşirişda asosiy omil bölib xizmat qiladi. Zero, aniq ölçov va oqilona boşqaruv bor joyda, albatta, baraka va rivojlaniş böladi.
Orolböyining har bir qariç yeriga yetib borayotgan suvning qadrini anglaş, uni zamonaviy usullar bilan asrab-avaylaş, iqtisod qiliş – bugungi kun mutaxassislari oldida turgan asosiy vazifadir. Bu kabi amaliy treninglar uşbu ezgu maqsadga erişiş yölidagi muhim vosita bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶