SPORT — SOĞLOM HAYoT VA YuKSAK NATIJALAR GAROVI
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tobora kuçayib borayotgani bejiz emas. Yaqinda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida aynan şu yönalişdagi ustuvor vazifalar, erişilgan yutuqlar hamda dolzarb muammolar atrofliça muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari yiğiliş boşida sportning jamiyat hayotidagi örni va ahamiyatini alohida taʼkidlab, “Sport bu faqat musobaqa emas, balki soğlom turmuş tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuç”, deya eʼtirof etgan edi. Darhaqiqat, bugungi kunda sport nafaqat jismoniy çiniqiş vositasi, balki yoş avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaşning muhim omiliga aylanib bormoqda. Şu maqsadda joylarda ham keng kölamli amaliy işlar olib borilmoqda.
Xususan, Amudaryo tumanida ham aholining sportga bölgan qiziqişini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida qator sport musobaqalari taşkil etilmoqda. Tuman miqyosidagi navbatdagi musobaqalar davlat taşkilotlari, korxona va muassasalar xodimlaridan iborat jamoalar örtasida bölib ötdi.
Yaqinda tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining zamonaviy yopiq, sunʼiy qoplamali sport maydonçasida ötkazilgan mini futbol musobaqalari fikrimizning dalilidir. Qizğin va murosasiz bahslarga boy bölgan musobaqalarda tuman hokimligi, maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi, tibbiyot birlaşmasi, madaniyat bölimi, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi hamda yoşlar işlari agentligi tuman bölimi jamoalari özlarining sport mahoratini namoyiş etdilar.
Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda mamlakatimizda sport sohasida erişilayotgan yutuqlar eʼtiborga molik. Sönggi töqqiz yil içida 1,5 mingdan ortiq mahallalarda 1 774 ta zamonaviy sport maydonçalari bunyod etildi. Bundan taşqari, 200 dan ziyod yirik sport inşootlari barpo etilib, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari faoliyat boşladi.
Natijada sport bilan professional şuğullanayotgan yoşlar soni ikki barobarga oşdi. Olimpiya terma jamoalarimiz tarkibi sezilarli kengayib, paralimpiya yönalişida esa bu körsatkiç uç barobarga ortdi.
Yurtimiz sportçilarining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari esa alohida eʼtirofga loyiq. Birgina ötgan yilning özida ular 452 ta oltin, 418 ta kumuş va 501 ta bronza medalini qölga kiritib, 50 dan ortiq jahon va Osiyo rekordlarini yangilaşga muvaffaq böldilar.
Şuningdek, sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etiş maqsadida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, sport federatsiyalariga homiylik qilgan tadbirkorlar boşqaruv tizimida iştirok etiş huquqiga ega böladilar. Professional futbol klublarini moliyaviy qöllab-quvvatlagan tadbirkorlar esa ularni işonçli boşqaruv asosida rivojlantiriş imkoniyatiga ega bölişadi.
Amudaryo tumanida davlat muassasalari xodimlari iştirokia ötkazilgan mini futbol musobaqalari ham aholini sportga faol jalb qiliş yölidagi muhim qadam böldi. Keskin va murosasiz keçgan uçraşuvlar yakunida tuman tibbiyot birlaşmasi jamoasi faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. Uşbu musobaqa nafaqat ğoliblarni aniqladi, balki jamoalar örtasida döstlik, hamjihatlik va soğlom raqobat muhitini yanada mustahkamladi.
Zero, sport — bu faqatgina musobaqa emas. U soğlom jamiyat poydevori, yoşlar tarbiyasi, millat ğururi va mamlakat nufuzining yorqin ifodasidir. Amudaryo tumanida bu kabi sport musobaqalar yana davom etadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶