Amudaryoda oziq-ovqat xavfsizligi: Yerdan unumli foydalaniş – tökinlik garovi
Yerga mehr beriş, uning har bir qariçidan unumli foydalaniş farovon hayot va tökinlikning boş mezonidir. Bugungi globallaşuv davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega bölgan muhim masaladir. Mamlakatimizning har bir hududida bölgani kabi Amudaryo tumanida ham bu borada keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Amudaryo sohillarida joylaşgan bu zamin azaldan özining dehqonçilik anʼanalari va mehnatsevar insonlari bilan maşhur. Bugungi kunda tumanda qişloq xöjaligi sohasini isloh qiliş, yer egalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va içki bozorni sifatli mahsulotlar bilan töldiriş ustuvor vazifaga aylangan.
Raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, Amudaryo tumanida dehqon xöjaliklari jami 2 ming gektardan ortiq maydonda samarali faoliyat yuritib kelayotganini körişimiz mumkin. Bundan taşqari, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tomorqa yer egalarining örni beqiyosdir. 40 mingdan ortiq tomorqa egalari tasarrufida jami 8 ming gektarga yaqin maydon mavjud bölib, bu ulkan imkoniyat demakdir. Har bir xonadon egasi öz tomorqasini kiçik bir xazinaga aylantirib, nafaqat öz ehtiyojlarini qondirmoqda, balki bozor rastalarini ham arzon va sifatli mahsulotlar bilan töldirişga kömaklaşmoqda.
Şu bilan birga, tumandagi 350 dan ortiq fermer xöjaliklari dalalarida ham paxta va ğalladan taşqari, oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunday yondaşuv mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, içki isteʼmolni barqaror qanoatlantiriş va eng muhimi, eksport salohiyatini oşiriş imkonini bermoqda.
Yerdan foydalanişning yangiça usullari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali dehqonlarimiz yilning tört faslida ham yuqori hosildorlikka erişişmoqda. Bu borada “Rajab Japoq” fermer xöjaligining faoliyatini alohida namuna sifatida körsatiş mumkin. Uşbu xöjalikda har bir qariç yerdan oqilona foydalaniş madaniyati şakllangan. Masalan, boğ qator oralariga töqsonbosti usulida piyoz ekilgan bölib, bu usul bahorning ilk kunlaridanoq xalqimiz dasturxoniga yangi mahsulotlarni yetkazib beriş imkonini yaratadi. Fermer xöjaligi aʼzolari nafaqat piyoz, balki kartoşka, qalampir, bulğor qalampiri va sabzavotlarning deyarli barça turlarini yetiştirişda katta tajriba töplaşgan. Bu kabi dehqon va fermerlarning tinimsiz mehnati tufayli bozorlarimizda tökinlik, xalqimiz dasturxonida esa möl-köllik hukm surmoqda.
Mazkur fermer xöjaligining yutuqlari faqat sabzavotçilik bilan çeklanib qolmaydi. “Rajab Japoq” xöjaligi köp tarmoqli faoliyat yuritişi bilan ham ajralib turadi. Bu yerda paxtaçilik, ğallaçilik, çorvaçilik va boğdorçilik sohalari bir-birini töldirgan holda faol rivojlantirilmoqda. Ötgan yilgi mavsumda paxta yetiştirişda yuqori natija qayd etilib, har gektar maydondan örtaça 40 tsentnerdan hosil olingan bölsa, joriy yilda bu körsatkiçni yanada oşiriş, hosildorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsad qilingan. Bu esa fermerning öz kasbiga bölgan sadoqati va yerga bölgan mehridan dalolat beradi. Köp tarmoqli xöjalik sifatida çorvaçilikni rivojlantiriş orqali aholiga göşt va sut mahsulotlari yetkazib berilsa, boğdorçilik orqali sarxil mevalar yetiştirilmoqda. Bunday tizimli iş taşkil etilişi nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki yangi iş örinlari yaratilişiga ham xizmat qiladi.
Yer bilan tillaşa olgan, undan baraka topayotgan dehqon va fermerlarimiz bugungi kunning haqiqiy qahramonlaridir. Ularning saʼy-harakatlari tufayli dasturxonlarimiz tökin, bozorlarimiz fayzli bölmoqda. Tizimli taşkil etilgan iş jarayoni, yerga ilmiy va innovatsion yondaşuv hamda köp tarmoqli xöjaliklarning köpayişi kelgusida tuman iqtisodiyotini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, dehqonlarga yaratib berilayotgan şaroitlar va yer egalarining fidokorona mehnati bir nuqtada birlaşib, yurtimizning oziq-ovqat mustaqilligini mustahkamlaşga zamin yaratmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶