Taraqqiyot yölida dadil qadamlar: Amudaryo tumanida keng kölamli islohotlar
Bugungi kunda Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar faqat rejada emas, balki real hayotda ham öz ifodasini topayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hududni kompleks rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş, daromadlarni oşiriş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş hamda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş yönalişida olib borilayotgan işlar izçil tizimli va aniq maqsadga yönaltirilganligi bilan ajralib turadi.
Sönggi yillarda davlat siyosatida tadbirkorlikni rivojlantiriş ustuvor yönaliş sifatida belgilanib, ayniqsa hududlarda işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qoraqalpoğistonlik tadbirkorlar uçun yaratilgan keng imkoniyatlar öz samarasini bermoqda. Xususan, Jayhun ovuli hududida “Nukus-Dilişa” MÇJ tomonidan yölga qöyilgan un işlab çiqariş loyihasi nafaqat yangi işlab çiqariş quvvatini yaratdi, balki 30 nafar fuqaroning doimiy iş bilan taʼminlanişiga zamin yaratdi. Bu esa hudud iqtisodiyotini mustahkamlaş bilan birga, aholi daromadlarini oşirişda ham muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Tuman iqtisodiyotining asosiy tayanç yönalişlaridan biri bölgan qişloq xöjaligi sohasida ham sezilarli ösiş kuzatilmoqda. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş, içki bozorda narxlar barqarorligini saqlaş hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş borasida aniq çoralar körilmoqda. Masalan, Beştom mahallasida “Qoraqalpoq mahsulotlari” MÇJ tomonidan taşkil etilgan zamonaviy parrandaçilik xöjaligida 40 ming boş parranda boqilayotgani hududda oziq-ovqat taʼminotini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Şu bilan birga, baliqçilik yönalişida ham Amudaryo tajribasi alohida eʼtiborga loyiq. Uyşin mahallasida “Jamoladdin Jayhun” MÇJ tomonidan taşkil etilgan baliqçilik xöjaligida yetiştirilayotgan mahsulotlar nafaqat tuman içki ehtiyojlarini qoplamoqda, balki qöşni hududlar va Xorazm viloyati bozorlariga ham yetkazib berilmoqda. Bu esa hududning iqtisodiy salohiyati tobora kengayib borayotganini körsatadi.
Çorvaçilik yönalişida ham ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Xususan, Beş tom mahallasida “Mahmud Mansur Muzaffar” MÇJ tomonidan taşkil etilgan 500 boş naslli qoramolga möljallangan zamonaviy çorvaçilik xöjaligi nafaqat göşt va sut mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşirişga, balki yangi iş örinlari yaratişga ham xizmat qilmoqda. Bu kabi loyihalar qişloq xöjaligini yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş böyiça belgilangan barça prognoz körsatkiçlariga erişildi. 2026-yilda umumiy qiymati 545 milliard sömlik 26 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgani esa hudud rivojining uzoq muddatli strategiyasidan dalolat beradi. Uşbu loyihalar orqali mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilişi va mahsulot işlab çiqariş hajmi sezilarli darajada oşişi közda tutilgan.
Eksport yönalişida erişilgan natijalar ham eʼtiborga molik. Rejalaştirilgan körsatkiçlardan bir neça barobar yuqori natijaga erişilgani, yaʼni qisqa muddatda 5,8 million AQŞ dollaridan ortiq mahsulot eksport qilingani tuman tadbirkorlarining taşqi bozorlarda mustahkam örin egallab borayotganini körsatadi. Bu esa nafaqat işlab çiqariş hajmining ortayotganini, balki mahsulotlar raqobatbardoşligining ham oşayotganini anglatadi.
Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda aholi farovonligini oşiriş yölidagi eng muhim yönalişlardan biri — kambağallikni qisqartirişdir. Tumanda ötgan davr mobaynida bu borada amalga oşirilgan tizimli işlar natijasida kambağallik darajasi 11,4 foizdan 6,6 foizga qisqardi. Yil yakuniga qadar uşbu körsatkiçni 3,2 foizga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu esa har bir oila bilan manzilli işlaş natijasidir.
Bandlikni taʼminlaş borasida ham muhim natijalarga erişildi. Yanvar–mart oylarida 610 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan bölsa, amalda 830 ta iş örni yaratilgan, şu bilan birga, norasmiy bandlikni qisqartiriş maqsadida 693 ta iş örnini rasmiylaştiriş rejalaştirilgan bölsa, amalda 1983 ta iş örni rasmiylaştirildi.
Mahalliy byudjet tuşumlari ham barqaror ösmoqda. Yanvar–mart oylarida 32,2 mlrd söm tuşum taʼminlaş rejalaştirilgan bölsa, amalda 36,7 mlrd söm tuşum tuşirilib, reja 113,8 foizga bajarildi. Bu esa iqtisodiy faollik oşib borayotganini körsatadi.
Quriliş va obodonlaştiriş işlari ham keng kölamda olib borilmoqda. 2026-yilda jami 92 ta obʼektda 240,6 mlrd sömlik quriliş işlari amalga oşirilişi belgilangan. Hozirda 24 ta obʼektda işlar davom etmoqda, 6 ta obʼekt foydalanişga topşirildi.
“Yaşil energetika” yönalişida ham muhim qadamlar taşlanmoqda. Tumandagi 49 ta mahallada 214 ta xonadonga 2193 kVt, şuningdek, 25 ta mahallada 65 ta tadbirkorlik subʼekti tomonidan 2240 kVt quyoş panellari örnatildi. Bu esa energiya tejamkorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, davlat tomonidan ajratilgan 289 mlrd söm mablağ hududni yanada rivojlantirişga yönaltirilmoqda. Jumladan, Qiliçboy va Kuyuk köpir ovullari uçun 10 mlrd söm, 7 ta oğir mahalla uçun 24 mlrd söm, tadbirkorlik infratuzilmasi uçun 25 mlrd söm ajratildi. Qişloq xöjaligida ham yirik taşabbuslar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 1000 boş qöy aholiga tarqatildi. “Manğit Örtaqalʼa çorvadori” MÇJ tomonidan 12 500 boş qoramol olib keliş böyiça şartnoma tuzildi. Şuningdek, 1000 tonnalik zamonaviy muzlatkiç ombori foydalanişga topşirildi.
Qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar, jumladan çorvaçilikni rivojlantiriş, zamonaviy saqlaş infratuzilmasini yaratiş, ekin maydonlarini kengaytiriş kabi taşabbuslar hududning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş bilan birga, eksport salohiyatini ham oşirmoqda.
Kartoşkaçilik yönalişida 2200 gektardan ortiq maydonga ekin ekilib, 33 ming tonna hosil yetiştirilişi rejalaştirilgan. Içki ehtiyoj 20 ming tonnani taşkil etib, ortiqça 13 ming tonna mahsulot boşqa hududlarga yetkazib beriladi.
Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan islohotlar har bir sohada özining aniq va sezilarli natijalarini bermoqda. Eng muhimi, bu özgarişlar markazida inson qadri, uning manfaatlari va farovon hayoti turibdi. Izçil davom etayotgan bunyodkorlik işlari, iqtisodiy ösiş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarining uyğunligi esa hudud ahlining ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlamoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶