Amudaryoda «Uç avlod uçraşuvi»: baynalmilal jangçining xizmatlari eʼtirof etildi
Tumanimizdagi 18-umumtaʼlim maktabida yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Uç avlod uçraşuvi” nomli tadbir bölib ötdi. Özbekiston “Veteran” jangçi faxriy va nogironlar birlaşmasining tumandagi vakili B.Jumaniyozov boşçiligida taşkil etilgan mazkur tadbirni maktab direktori J.Karimov kiriş sözi bilan oçib berdi.
Uçraşuvda tuman mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Ş.Mamatov, bir guruh Afğon uruşi faxriylari – B.Matqurbonov, Ş.Saidboyev, B.Qönoqov hamda F.Bekjonovlar iştirok etdi.
Tadbir davomida baynalmilal jangçi Farhod Otajonovga Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan esdalik medali tantanali ravişda topşirildi.
Farhod Otajonov bugungi kunda Jayhun ovulida istiqomat qiladi. U mazkur 18-sonli maktabda tahsil olib, uni 1980-yilda tamomlagan. Maktabni bitirgaç, 1980-1982-yillarda Afğonistonda harbiy xizmatni ötagan. Bugungi kunda nafaqada bölgan qahramonimiz öz qadrdon maktabida ötkazilgan tadbirda yoşlarga tinçlikning qadri va vatanparvarlikning ahamiyati haqida tölqinlanib sözlab berdi.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar yiğilganlarga xuş kayfiyat bağişladi. Uçraşuv yakunida faxriylarga maktab öquvçilari gullar hadya etib, sobiq jangçilar bilan birga esdalik uçun suratga tuşdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶