May oyi — “Dala çetlarini tozalaş oyligi”: Qişloq xöjaligi vazirligining rasmiy murojaati
Yurtimizda bahor fasli — tabiat uyğonib, atrof-muhit yaşillikka burkanadigan, mehnat va baraka faslidir. Ayni şu kunlarda dalalarda iş qizğin tus olgan. Bobodehqonlar, tajribali fermerlar va fidoyi yurtdoşlarimiz yurtimiz dasturxoni tökinligi, xonadonlarimiz farovonligi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yölida sidqidildan mehnat qilmoqda.
Biroq sönggi vaqtlarda köngilni xira qiladigan ayrim holatlar ham kuzatilmoqda. Jumladan, katta yöllar yoqasidagi dalalar çetlarida, şuningdek, mahallalar içidagi ekin maydonlari atrofida turli plastik çiqindilar, oziq-ovqat qadoqlari, qoğozlar hamda yaroqsiz holga kelgan tomçilatib suğoriş şlanglari taşlab ketilayotgani açinarli holdir.
Bu kabi holatlar nafaqat atrof-muhitga, balki yetiştirilayotgan mahsulot sifatiga ham salbiy taʼsir körsatadi. Zero, ozodalik bor joyda baraka böladi, yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining sifatli va raqobatbardoş bölişi esa bevosita ekin maydonlari va dalalar ozodaligiga boğliqdir.
Şu munosabat bilan Qişloq xöjaligi vazirligi joriy yilning may oyini “Dala çetlarini tozalaş oyligi” deb eʼlon qiladi.
Hurmatli agroklasterlar rahbarlari, fermerlar, dehqonlar va barça yurtdoşlar!
Sizlarni uşbu taşabbusda faol iştirok etişga, dalalar, yöl yoqalari va yaşaş hududlarimizni turli çiqindilardan tozalaşga çaqiramiz. Atrof-muhitni asraş — har birimizning fuqarolik burçimizdir.
Keling, birgalikda yurtimizni yanada obod, tabiatimizni musaffo va dalalarimizni namunaviy holatga keltiraylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶