28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:16
Fan va taʼlim 👁 312

“Sarhad” jamoasi aʼzolari va ularning ota-onalari ragʻbatlantirildi

“Sarhad” jamoasi aʼzolari va ularning ota-onalari ragʻbatlantirildi

Yosh avlod tarbiyasi, ularning qalbida Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish har bir jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning ertangi kuni, sarhadlarimiz daxlsizligi va osoyishtaligimiz aynan bugungi kunda kamol topayotgan yoshlarimizning qanday taʼlim-tarbiya olishiga bevosita bogʻliqdir. Shu maʼnoda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining turli hududlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu saʼy-harakatlarning yorqin namunasini Amudaryo tumanidagi 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyati misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ushbu taʼlim dargohi jamoasi yosh avlodga munosib taʼlim-tarbiya berish, ularni bilimli, salohiyatli va eng asosiysi, oʻz yurtiga sadoqatli insonlar etib voyaga yetkazish yoʻnalishida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Bugungi kunda mazkur taʼlim muassasasida jami 366 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan 40 nafar malakali pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy talablar va ilgʻor yondashuvlar asosida taʼlim-tarbiya berilmoqda. Taʼkidlash joizki, maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning 22,5 foizi nufuzli xalqaro va milliy sertifikatlarga ega boʻlib, bu koʻrsatkich taʼlim sifatining tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Ustozlarning tinimsiz mehnati va izlanishlari oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Xususan, oʻtgan oʻquv yilida maktab bitiruvchilarining 30 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinib, talabalik baxtiga muyassar boʻldilar va oʻz ustozlari hamda ota-onalarining umid va ishonchini toʻlaqonli oqladilar.

Aynan mana shunday zahmatkash pedagoglar mehnat qilayotgan va iqtidorli oʻquvchilar jamoasiga ega boʻlgan maktab hayotida yaqinda yana bir ulkan quvonchli voqea roʻy berdi. Joriy yilning 29-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha oʻquvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqasining respublika bosqichida mazkur maktabning “Sarhad” jamoasi oʻzining yuksak salohiyatini namoyish qilib, munosib ishtirok etdi. Ushbu nufuzli va murosasiz bellashuvda tuman shaʼnini himoya qilgan yoshlarimiz faxrli 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.

Ushbu ulkan muvaffaqiyatni keng nishonlash va gʻoliblarni munosib taqdirlash maqsadida maktabda katta tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirga hududdagi harbiy qism masʼullari, maktab maʼmuriyati, ustoz-oʻqituvchilar, oʻquvchilar, “Sarhad” jamoasining aʼzolari hamda ularni doimo qoʻllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalari taklif etildi. Maktabning keng hovlisi va sahnasi bayramona bezatilib, milliy kuy-qoʻshiqlarning joʻshqin sadolari ostida tadbir ishtirokchilari katta hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.

Tadbirni maktab direktori kirish soʻzi bilan ochib berar ekan, “Yosh chegarachilar” musobaqasida erishilgan bu yuksak muvaffaqiyat nafaqat bir jamoaning, balki butun maktabning, ovul ahlining, qolaversa, butun tumanning chinakam sharafi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Aytish joizki, mazkur musobaqa juda keskin kurashlarga boy boʻldi. Respublika bosqichida Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Shoʻmanay, Xoʻjayli, Amudaryo va Taxiyatosh tumanlarining eng sara va kuchli jamoalari oʻzaro bellashdilar. Ishtirokchilar oʻzlarining jismoniy, maʼnaviy va harbiy tayyorgarliklarini 11 ta murakkab shart boʻyicha sinovdan oʻtkazdilar. Xususan, saf maydonida shaxdam qadamlar bilan yurish, vatanparvarlik ruhidagi harbiy qoʻshiq aytish, avtomatni qismlarga ajratish va yigʻish, uzoq masofaga granata uloqtirish, turnikda tortilish, belgilangan masofaga tezkor yugurish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda nazariy bilimlar sinovi kabi mashqlarda yoshlar oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Quvonarlisi shundaki, “Sarhad” jamoasi aʼzolari barcha bosqichlarda oʻzlarining beqiyos chidamliligi, irodasi, jasorati va jamoaviy jipsligi bilan hakamlar hayʼati va koʻpchilik tomoshabinlarning qizgʻin olqishiga sazovor boʻldilar.

Tantanali tadbir davomida “Sarhad” jamoasining har bir aʼzosiga esdalik sovgʻalari topshirildi. Yoshlar oʻz mehnati, tirishqoqligi va jasoratiga munosib tarzda taqdirlandi. Shu bilan birga, oʻz farzandlarini Vatanga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalab kelayotgan, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda katta hissa qoʻshgan ota-onalarga 17-sonli maktab maʼmuriyati va pedagogik jamoasi nomidan samimiy minnatdorlik bildirilib, maxsus tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbir soʻngida soʻzga chiqqan jamoa murabbiysi hamda ota-onalar vakillari farzandlarining bunday ulkan muvaffaqiyati uchun taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga, zahmatkash ustozlarga va yaqindan yordam koʻrsatgan harbiy qism xodimlariga oʻzlarining cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Oʻz navbatida, “Sarhad” jamoasi aʼzolari kelgusida boʻlib oʻtadigan musobaqalarda bundanda yuqori natijalarni qayd etib, mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritish maqsadida astoydil tayyorgarlik koʻrishlarini qatʼiyat bilan maʼlum qildilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol, jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda bu kabi tadbirlarning, harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi sport musobaqalarining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Amudaryo tumanidagi 17-sonli maktabda oʻtkazilgan mazkur tadbir ham aynan shu olijanob maqsadga, yaʼni Vatanga sadoqatli, uning sarhadlarini himoya qilishga doimo tayyor boʻlgan sogʻlom avlodni kamolga yetkazishdek buyuk vazifaga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026