28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 06:49
Siyosat 👁 1,105

Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi

Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi

Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu sana xalqimizning jasorat, fidoyilik va inson qadri kabi yuksak fazilatlarga boʻlgan cheksiz hurmatining yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Tuman markazidagi Xotira maydonida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Xotira maydonida hukm surgan tantanavor va ayni paytda hayajonli muhit barchaga bugungi tinch va osoyishta hayotning naqadar ulugʻ neʼmat ekanini yana bir bor his qildirdi.

Tadbir avvalida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida oʻtkazilgan velomarafon hamda yugurish musobaqalari gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Mazkur sport tadbirlari yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sportga keng jalb etish, zararli illatlar va giyohvandlikning oldini olish, eng muhimi, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va matonat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Soʻzga chiqqanlar sport musobaqalari nafaqat jismoniy chiniqish, balki vatanparvarlik, jasorat va iroda maktabi ekanini alohida taʼkidladilar. Zero, sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlod — yurt tayanchi, millat kelajagining ishonchli kafolatidir.

Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Tuman hokimi oʻz nutqida bugungi dorilamon va osuda hayotimiz zamirida ajdodlarimizning mardligi, fidoyiligi hamda Vatan uchun jonini ayamagan insonlarning buyuk jasorati mujassam ekanini taʼkidladi.

— Xotira va qadrlash kuni — bu faqat tarixni eslash emas, balki ajdodlarimizning mardlik maktabidan saboq olish, ularning pok ruhlari oldida bosh egish va bugungi tinchlikning qadriga yetish kunidir. Yurt tinchligini asrash, xalq farovonligi yoʻlida xizmat qilish har birimizning muqaddas burchimizdir, — dedi tuman hokimi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan nuroniylar, faxriylar va jamoatchilik vakillari ham Xotira va qadrlash kuni xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng qadrli sanalardan biri ekanini qayd etdilar. Ular bugungi farovon hayot, osoyishta kunlar va mustaqil yurtimiz taraqqiyoti ortida ajdodlarimizning mashaqqatli sinovlari, sabr-toqati hamda buyuk matonati mujassam ekanini alohida taʼkidlashdi.

Tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan Vatan, tinchlik va jasoratni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tadbirga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi. Harbiy orkestrning tantanavor sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, tadbir ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan ozodligi, xalq tinchligi va bugungi osuda hayot uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat bajo keltirdilar.

Shuningdek, Afgʻoniston hududida xizmat burchini ado etish vaqtida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan yodgorlik ham ziyorat qilindi. Ularning mardligi, jasorati va Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari chuqur ehtirom bilan yod etildi.

Tadbir davomida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida qayd etildi. Chunki oʻz tarixini, qahramonlarini va milliy qadriyatlarini qadrlagan xalqning kelajagi ham buyuk boʻladi.

Darhaqiqat, Xotira va qadrlash kuni — bu faqat oʻtganlarni yod etish emas. Bu sana inson qadrini ulugʻlash, bugungi tinch hayotning qadriga yetish, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ulugʻ ayyomdir.

Xotira — millat qalbidagi abadiy nur, qadrlash esa xalqimizga xos eng ezgu fazilatdir. Ajdodlar jasorati hech qachon unutilmaydi, ularning porloq xotirasi qalblarda mangu yashaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026