28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:24
Jamiyat 👁 266

Xotira va qadrlash kuni arafasida "Matniyoz oxun" qabristoni hududi obodonlashtirildi

Xotira va qadrlash kuni arafasida "Matniyoz oxun" qabristoni hududi obodonlashtirildi

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻdir. Oʻtganlarni xotirlash, ularning ezgu ishlarini yodga olish, marhumlarning mangu qoʻnim topgan maskanlarini obod qilish xalqimizga xos boʻlgan eng oliyjanob, asrlar osha yashab kelayotgan goʻzal qadriyatlardan biridir. Bugungi dorlomon kunlarimiz, musaffo osmonimiz hamda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun jonini fido qilgan insonlarning xotirasini abadiylashtirish har birimizning muqaddas insoniy burchimiz sanaladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ham fikrimizning yaqqol isbotidir. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dasturda vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish vazifasi alohida koʻrsatib oʻtilgan edi. Bu vazifa ijrosi nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari, balki butun xalqimizning yuragidan chiqqan samimiy intilish va vatanparvarlik ifodasi boʻldi.

Shundan kelib chiqqan holda, yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, 9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovulida joylashgan "Matniyoz oxun" qabristonida ham aholining yuksak uyushqoqligi asosida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari tashkil qilindi.

Hasharga ovul aholisi va Mangʻit shahrining turli mahallalaridan kelgan faol aholi vakillari ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. Ular bir yoqadan bosh chiqarib, ota-bobolari, el-yurt fidoyilari mangu qoʻnim topgan muqaddas qabriston hududini tozalab, obodonlashtirdilar. Hududdagi qabrlar atrofi turli xil begona oʻtlardan, xas-choʻplardan tozalandi. Shu bilan birga, qabriston atrofidagi manzarali daraxtlarga shakl berilib, yoʻlaklar tekislanib, tartibga keltirildi.

Tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev boshchiligida "Yusuf eshon bobo" jomʼe masjidi masʼullari hamda mahalla imomlari ushbu qabristonda yotgan barcha marhumlarning, yurt uchun xizmat qilgan oʻtganlarning ruhi poklariga bagʻishlab Qurʼon tilovat qildilar.

Chindan ham, xotira va qadrlash tushunchalari xalqimiz qon-qoniga chuqur singib ketgan buyuk fazilatdir. Amudaryo tumanida amalga oshirilgan ushbu umumxalq hashari, ajdodlar ruhiga koʻrsatilgan yuksak ehtirom namunasi va oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun vatanparvarlik, oqibat va mehr-shafqatning betakror amaliy darsi boʻlib xizmat qiladi. Oʻtganlarni yod etish, ularning oxirati obod boʻlishini soʻrab duolar qilish barchamizning muqaddas vazifamizdir. Zero, xotira bor ekan, millat barhayot, qadr bor ekan, inson azizdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026