28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:41
Jamiyat 👁 426

Oila — jamiyatning mustahkam tayanchi, inson kamolotining bebaho maskani

Oila — jamiyatning mustahkam tayanchi, inson kamolotining bebaho maskani

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu qutlugʻ sana nafaqat oilaning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash, balki mehr-oqibat, sadoqat va milliy qadriyatlarimiz ulugʻlangan ayyomga aylandi.

Tadbirda tuman nuroniylari, uzoq yillar davomida ahil va namunali hayot kechirib kelayotgan ibratli oilalar, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayram davomida oilaviy qadriyatlarni asrash, farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, mahallalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish kabi masalalar xususida samimiy suhbatlar boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Fahriddin Yusupov ochib berdi. U oʻz nutqida oila inson hayotidagi eng muqaddas maskan, jamiyatning eng mustahkam boʻgʻini ekanini alohida taʼkidladi. Zero, insonning maʼnaviy qiyofasi, hayotga boʻlgan munosabati, vatanparvarlik tuygʻusi avvalo oilada shakllanadi. Mehr-muhabbat, hurmat, oqibat va tarbiya hukm surgan xonadonda ulgʻaygan farzand esa kelajakda jamiyatning munosib vakili boʻlib voyaga yetadi.

Taʼkidlanganidek, oila — bu ijtimoiy barqarorlikning eng muhim kafolatidir. Mustahkam oilalarda ulgʻaygan farzandlar hayotda oʻz yoʻlini topgan, maqsadli, bilimli, vatanparvar va maʼnaviy barkamol insonlar boʻlib voyaga yetadi. Bunday yoshlar esa jamiyatning ilmiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi. Chunki har qanday buyuk jamiyatning ildizi avvalo sogʻlom va ahil oilalarga borib taqaladi.

Bayram tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentyabrdagi 437-sonli qaroriga muvofiq taʼsis etilgan “Ibratli oila” koʻkrak nishonini topshirish marosimi bilan davom etdi. Amudaryo tumanidan munosib deb topilgan 9 ta namunali oilaga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur oilalar uzoq yillik ahil turmushi, farzand tarbiyasidagi ibratli faoliyati, mahalladagi faolligi, qoʻni-qoʻshnichilik munosabatlaridagi samimiyligi hamda yosh oilalarga namuna boʻlib kelayotgani bilan alohida eʼtirof etildi. Ularga koʻkrak nishonlari bilan birga esdalik sovgʻalari topshirilib, jamiyat ravnaqiga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda oilani qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom va mustahkam oilalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, farzand tarbiyasida ota-onalarning masʼuliyatini oshirish, oilalarda maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oila institutini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy dasturlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, targʻibot va uchrashuvlar jamiyat taraqqiyoti, yurt tinchligi hamda xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Chunki mustahkam oila — tinch va farovon jamiyatning tayanchidir. Oiladagi ahillik va totuvlik mahalla osoyishtaligini, mahalla osoyishtaligi esa yurt taraqqiyotini taʼminlaydi.

Darhaqiqat, oilani mustahkam qiladigan eng katta kuch — bu oʻzaro hurmat, ishonch va mehrdir. Mehrga asoslangan xonadonda tarbiya topgan farzandning qalbida Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuygʻusi kamol topadi. Shu bois ham “Oila tinch — yurt tinch” degan hikmat bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Tadbir davomida yangragan kuy-qoʻshiqlar, ijro etilgan dilbar raqslar va madaniy chiqishlar bayramga yanada fayz va koʻtarinki ruh bagʻishladi. Ayniqsa, oilaviy qadriyatlarni madh etuvchi sahna koʻrinishlari yigʻilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbir barchaga bir haqiqatni yana bir bor eslatdi: oila — insonning eng katta boyligi, hayotining suyanchi va kelajak poydevoridir. Jamiyat taraqqiyoti, yurt tinchligi va millat ravnaqi ham avvalo sogʻlom, maʼnaviy barkamol va ahil oilalardan boshlanadi. Shunday ekan, oiladagi mehr-oqibatni asrash, farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har birimizning sharafli va muqaddas burchimizdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026