14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:30
Jamiyat 👁 172

Ajdodlar xotirasiga ehtirom — milliy qadriyatlarimizning yuksak namunasi

Ajdodlar xotirasiga ehtirom — milliy qadriyatlarimizning yuksak namunasi

Xalqimiz azal-azaldan ota-bobolar xotirasini ulugʻlashni, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod saqlashni eng ezgu va savobli amallardan biri deb bilib keladi. Ayniqsa, muborak Qurbon Hayiti arafasida amalga oshiriladigan xayriya va obodonlashtirish ishlari inson qalbidagi mehr-oqibat, hamjihatlik va bagʻrikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlaydi.

Ana shunday ezgu anʼanalarning mantiqiy davomi sifatida 17-may kuni Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuli hududida joylashgan “Qoʻlbergan bobo” qabristonida keng koʻlamli hashar ishlari tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, muqaddas maskanni obod etish yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildilar.

Hashar davomida qabriston hududi begona oʻt-oʻlanlardan tozalanib, yoʻlaklar tartibga keltirildi, daraxtlar oqlanib, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Ishtirokchilarning fidokorona mehnati natijasida maskan yanada fayzli va saranjom holatga keltirildi. Ayniqsa, nuroniylarning yoshlar bilan yelkama-yelka mehnat qilgani tadbirga oʻzgacha maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Darhaqiqat, qabristonlarni obod saqlash — bu shunchaki hashar yoki tozalash ishlari emas. Bu avvalo ajdodlar ruhiga boʻlgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasidir. Inson oʻz oʻtmishini, ildizlarini va ota-bobolari merosini qadrlagan holdagina maʼnaviy barkamollikka erishadi.

Tadbir davomida nuroniylar tomonidan yosh avlodga milliy qadriyatlar, mahalla birdamligi, kattalarga hurmat va muqaddas maskanlarni asrab-avaylash borasida samimiy nasihatlar qilindi. Bu esa yoshlarning qalbida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga nisbatan yanada chuqur hurmat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qildi.

Bugungi kunda yurtimizda mahallalarni obod qilish, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni tartibli saqlash, aholi oʻrtasida hamjihatlik muhitini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki obod maskan — xalqning yuksak maʼnaviyati, madaniyati va tafakkuridan darak beradi. Ayniqsa, bunday ezgu tadbirlarda yoshlarning faol qatnashayotgani milliy qadriyatlarimizning bardavomligini koʻrsatadi.

Hashar davomida hukm surgan samimiy muhit, oʻzaro ahillik va birdamlik barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Mahalla ahli birgalikda qilgan savobli ishlari orqali nafaqat muqaddas maskanni obod etdilar, balki insoniylik, mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni yana bir bor namoyon etdilar.

Qurbon Hayiti arafasida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbir barchaga bir haqiqatni yana bir bor eslatdi: ajdodlar xotirasiga hurmat — bu millatning maʼnaviy kuchi va qadriyatlariga sadoqatining ramzidir. Muqaddas qadamjolarni obod saqlash, ularga ehtirom koʻrsatish esa har bir insonning maʼnaviy burchidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019