Ijtimoiy xodim mahalla ahlining tayançiga aylandi
Mamlakatimizda olib borilayotgan kuçli ijtimoiy siyosatning eng asosiy maqsadi avvalo, har bir fuqaroning hayotdan rozi bölib yaşaşini taʼminlaş, ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning jamiyatda mustahkam örin topişiga kömaklaşişdan iboratdir. Bu borada taşkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari joylarda xalq bilan davlat örtasidagi eng muhim va işonçli köprikka aylanib ulgurdi. Uşbu markazlarning masʼuliyatli va şarafli vazifalarini yelkasiga olgan ijtimoiy xodimlar har kuni köplab oilalarning dardiga darmon bölib, ularning muammolarini bartaraf etiş yölida tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Ana şunday fidoyi kasb egalaridan biri – Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Böston mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodimi Javohir Rajabovdir. U 2024-yilning sentyabr oyidan buyon mazkur mahalla fuqarolar yiğinida ijtimoiy xodim sifatida sermahsul faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda Böston mahallasida jami 1703 ta oila istiqomat qiladi va ulardagi aholi soni 4603 nafarni taşkil etadi. Mazkur hududda yaşovçi 158 nafar nogironligi bölgan şaxslar, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 146 ta oila hamda vasiylik va homiylikka olingan 13 nafar voyaga yetmagan bolalar doimiy ravişda ijtimoiy xodimning diqqat markazida bölib kelmoqda. Bu toifadagi fuqarolarning hayot sifatini yaxşilaş, ularni jamiyatga tölaqonli integratsiya qiliş va ijtimoiy yakkalanib qolişlarining oldini oliş maqsadida tizimli işlar yölga qöyilgan.
Xususan, Javohir Rajabovning bevosita taşabbusi va amaliy harakatlari bilan harakatlanişida nuqsoni bölgan yoki özgalar kömagiga muhtoj 9 nafar nogironligi bölgan şaxslarga maxsus hassalar, 2 ta oddiy nogironlik aravaçasi hamda 1 ta zamonaviy elektron yuritmali aravaça yetkazib berildi. Şu bilan birga, harakat tayanç tizimida muammosi bölgan fuqarolar uçun 4 ta tirsakli qöltiq tayoq, eşitiş qobiliyati pasaygan insonlar uçun 3 ta eşitiş moslamasi hamda 2 ta kattalar uçun oyoq protezi ajratilişi taʼminlandi.
Bundan taşqari, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar hamda oğir turdagi nogironligi bölgan şaxslarning hayot tarzini sifatli ijtimoiy xizmat körsatiş orqali yaxşilaş maqsadida mahalladagi 3 ta 1-guruh nogironligi bölgan şaxslarga rasmiy ravişda qarovçilar biriktirildi. Mazkur qarovçilarga mehnat qonunçiligiga asosan iş staji yuritilmoqda. Bu orqali nafaqat nogironligi bölgan şaxslarning kundalik ehtiyojlari qondirilmoqda, balki ularga ğamxörlik qilayotgan insonlarning ham ijtimoiy hamda mehnat huquqlari mustahkam kafolatlanmoqda.
Şu örinda, oilalarning moddiy farovonligini oşiriş yönalişida qilingan işlarga ham alohida töxtalib ötiş joiz. Hozirgi kunda mahalladagi ehtiyojmand qatlamni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida 135 ta oila muntazam ravişda bolalar nafaqasi, 11 ta oila esa davlat tomonidan belgilangan moddiy yordam pullarini olib kelmoqda. Şuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xulosalariga asosan mahallaning 3 nafar fuqarosiga nogironlik guruhi tayinlanişida ham ijtimoiy xodim bevosita yaqindan kömak körsatdi. Qolaversa, mahallada yaşovçi yordamga muhtoj 65 nafar fuqaroning röyxatlari şakllantirilib, ularga elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun kompensatsiya pullari tölab berildi.
Jamiyatning eng nozik va oğriqli nuqtalaridan biri bölgan oilaviy kelişmovçilik hamda zöravonlik holatlarining oldini oliş borasida ham mahallada samarali mexanizm yaratilgan. Jumladan, hududda istiqomat qiluvçi, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan 3 nafar ayol-qizlarga öz vaqtida zarur yordam körsatildi. Uşbu jarayonda mahallaning xotin-qizlar faoli hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining malakali psixologlari bilan yaqindan hamkorlik örnatilib, jabrlangan ayollarga kompleks psixologik maslahatlar berildi.
Bugungi kunning ijtimoiy xodimi mahalla ahlining çinakam yaqin kömakçisiga aylanib ulgurgan. Amalga oşirilayotgan bu kabi xayrli va savobli işlar inson qadrini uluğlaş, heç bir fuqaroni eʼtibordan çetda qoldirmaslikdek uluğvor maqsadlarga xizmat qilmoqda. Öz fuqarolarining dardiga malham böla oladigan, ularning ijtimoiy farovonligini taʼminlaşni ustuvor vazifa deb biladigan davlatning kelajagi esa albatta buyuk böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶