“Adliya sayli” va “Yoşlar sayli” tadbirlari ötkazildi
Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, avvalo, aholining huquqiy ongi, fuqarolik masʼuliyati va yoşlarning faolligi bilan çambarças boğliq. Şu maʼnoda, Adliya vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan “Adliya sayli” hamda “Yoşlar sayli” tadbirlari nafaqat huquqiy-maʼrifiy loyiha, balki xalq bilan oçiq muloqot, yoşlarni qöllab-quvvatlaş va jamiyatda soğlom muhitni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim platformaga aylandi.
Mazkur tadbirlar aholining barça qatlamlarini qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoşlarning huquqiy bilimini oşiriş, ularni Vatanga sadoqat, qonunga hurmat va faol fuqarolik ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida Adliya vazirligi masʼullari hamda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan huquqiy islohotlar, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoşlarning jamiyatdagi örni haqida fikr bildirdi. Şuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş va davlat xizmatlarini xalqçil tizim asosida taşkil etiş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.
Tadbir doirasida ötkazilgan “Salomatlik uçun beş ming qadam” ommaviy yuriş aktsiyasi soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholi örtasida jismoniy faollikni oşiriş hamda birdamlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi. Sport musobaqalari esa yoşlarni çiniqiş, irodali böliş va jamoaviy hamjihatlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgani bilan eʼtiborga sazovor böldi.
Şuningdek, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi körgazmali çiqişlar yoşlarda milliy ğurur va Vatanga muhabbat tuyğularini yanada kuçaytirdi. Harbiy texnika va maxsus vositalar namoyişi, vatanparvarlik mavzusidagi çiqişlar tadbir iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotdi.
Sayl davomida taşkil etilgan milliy hunarmandçilik, kitob va mahsulotlar yarmarkalari esa milliy qadriyatlarimizni tarğib qiliş, yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi. Körgazmalar hamda madaniy dasturlar tadbirga özgaça ruh va fayz bağişladi.
Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari yuzasidan taşkil etilgan sayyor qabullar tadbirning eng muhim jihatlaridan biri böldi. Mutasaddi taşkilotlar vakillari tomonidan aholining murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etiş yuzasidan amaliy yordamlar körsatildi. Bu esa davlat idoralari va xalq örtasidagi oçiq muloqotni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugungi globallaşuv davrida huquqiy savodxonlikni oşiriş, yoşlarni turli yot ğoyalardan asraş hamda ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. “Adliya sayli” va “Yoşlar sayli” ana şu maqsadlarni amalga oşirişda muhim ijtimoiy loyiha sifatida namoyon böldi.
Bir söz bilan aytganda, mazkur tadbirlar aholiga huquqiy axborotni yetkaziş, davlat xizmatlarini xalqçil va qulay şaklda taqdim etiş, yoşlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş hamda jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bunday loyihalar inson manfaatlari ustuvor bölgan yangi Özbekiston taraqqiyotida muhim örin tutadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶