MINNATDORMAN
Dard degani chaqirmasdan keladi, deyishgani rost ekan. Kutilmaganda qornimda paydo boʻlgan ogʻriq meni bir zumda yomon ahvolga solib qoʻydi.
Yaqinlarimning va tuman markaziy shifoxonasi xodimlarining tezkorlik bilan qilgan harakatlari tufayli "Tez tibbiy yordam” mashinasida tuman markaziy shifoxonasining "Shoshilinch tibbiy yordam” boʻlimiga olib kelindim.
Boʻlim mudiri Olimboy Shomurodov, shifokorlar Sanjarbek Allaberganov, Shukurullo Tangirberganov, hamshiralar Nilufar Otaboyeva, Maqsuda Sobirova, Sanobar Sobirova va Obodon Oʻrolovalarning jonkuyarliklari tufayli qisqa fursat ichidayoq mening kasalligim aniqlanib, koʻrichak jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi.
Shu jonkuyar va mehribon insonlar tufayli mening hayotim saqlab qolindi. Ulardan bir umr minnatdorman.
Otajon OʻROZBOYeV,
"Xizr eli” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶