Ijtimoiy obʼektlarning quriliş jarayoni prokuror nazoratida
Mamlakatimizda aholi farovonligini oşiriş, fuqarolar uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş hamda hududlarning meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilaş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, taʼlim va soğliqni saqlaş tizimlarini zamon talablari darajasida rivojlantiriş, ijtimoiy soha obʼektlarini quriş va rekonstruktsiya qiliş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 393-sonli qarori dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Mazkur muhim hujjat ijrosini tölaqonli taʼminlaş, davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarning öz vaqtida va yuqori sifat bilan bajarilişini nazorat qiliş maqsadida joylarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tizimli örganişlar olib borilmoqda. Xususan, Amudaryo tumani prokurori Bahrom Maşaripov yuqoridagi qaror asosida tumanda amalga oşirilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlarining borişi bilan bevosita joyiga çiqqan holda tanişdi.
Maʼlumki, har qanday jamiyatning ertangi kuni va taraqqiyoti bevosita yoş avlodga berilayotgan taʼlim-tarbiya sifatiga boğliq. Şu boisdan ham, maktablarning infratuzilmasini yaxşilaş, öquvçilar uçun qöşimça örinlar yaratiş va ilm oliş uçun munosib muhitni şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Prokuratura organlarining navbatdagi örganişlari davomida tumanning Daryo böyi mahallasi hududida joylaşgan 65-sonli umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan rekonstruktsiya işlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Loyihaga asosan, mazkur bilim maskani hududida qöşimça 300-örinli yangi va zamonaviy öquv binosi qad rostlamoqda. Tuman prokurori uşbu obʼektdagi quriliş jarayonlarini közdan keçirar ekan, binoning poydevoridan tortib, tomigaça bölgan har bir bosqiçda quriliş meʼyorlariga qatʼiy amal qilinişi lozimligini taʼkidladi. Yangi binoning foydalanişga topşirilişi mahalla yoşlarining yanada keng va yoruğ xonalarda, ilğor şart-şaroitlarda bilim olişlariga xizmat qilişi alohida qayd etildi.
Şuningdek, inson salomatligini asraş, hududlardagi barqarorlikni taʼminlaş ham eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Şu maqsadda, Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi binosini rekonstruktsiya qiliş işlari ham jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Mazkur tibbiyot va nazorat maskanining yangilanişi tuman aholisiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga, turli kasalliklarning oldini olişga va jamoat salomatligini mustahkamlaşga zamin yaratadi. Prokuror mazkur obʼektda ham bölib, pudratçi taşkilotlar vakillari hamda masʼul xodimlar bilan iş jarayonini muhokama qildi. Loyiha doirasida bajarilayotgan işlarning holati, işlatilayotgan quriliş materiallarining sifati batafsil tahlil qilindi.
Örganişlar yakunida tuman prokurori Bahrom Maşaripov tomonidan masʼul rahbarlar va quruvçi taşkilotlar vakillariga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi. Xususan, har ikki obʼektda ham quriliş-taʼmirlaş işlarini yanada jadallaştiriş, buning uçun işçi kuçi va maxsus texnikalarni yanada köproq jalb qiliş zarurligi taʼkidlandi. Iş surʼatini oşiriş quriliş sifatiga aslo salbiy taʼsir körsatmasligi, har bir jarayon davlat standarti talablariga töla javob berişi va obʼektlar belgilangan muddatlarda foydalanişga topşirilişi şartligi alohida taʼkidlandi.
Davlat byudjeti mablağlari hisobidan bunyod etilayotgan bu kabi inşootlar xalqimizning uzoğini yaqin, oğirini yengil qilişga qaratilgan bölib, ularning sifatli va mustahkam barpo etilişi ustidan prokuror nazorati bundan buyon ham qatʼiy davom ettiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶