28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Jamiyat 👁 349

Xizr eli mahallasi: ijtimoiy himoya — inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

Xizr eli mahallasi: ijtimoiy himoya — inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

Yurtimizda ehtiyojmand oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholi bilan doimiy muloqot oʻrnatish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida oʻrganish va hal etishning yangi, samarali mexanizmlari joriy etilib, bugun kundalik hayotimizda oʻz natijasini bermoqda. Bu boradagi tizimli ishlarning yorqin ifodasini Amudaryo tumani markazidan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Mazkur mahallada bugungi kunda jami 3946 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududdagi 101 ta oila ijtimoiy reyestr roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ular davlatning doimiy eʼtibori va gʻamxoʻrligi ostidadir. Shuningdek, mahallada 112 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatga olingan. Ularning tarkibiga nazar tashlaydigan boʻlsak, 1-guruh nogironlari 17 nafarni, 2-guruh 65 nafarni, 3-guruh esa 8 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 6 yoshgacha boʻlgan bolalar 12 nafar hamda 7-17 yoshdagilar ham 12 nafardan iborat. Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda joriy etilgan yangi tizim asosida bu yerda ijtimoiy xodim Sohiba Sobirova faoliyat olib bormoqda va ijtimoiy xizmatlarning bevosita aholi xonadonlarigacha kirib borishini taʼminlamoqda.

Ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ehtiyojmand fuqarolarning toʻliq va aniq bazasini shakllantirish maqsadida keng qamrovli xatlov jarayonlari oʻtkazildi. Xususan, 12 ta toifa boʻyicha aholining yashash sharoitlari oʻrganilib, ularning dardu tashvishlariga quloq tutildi. Amaliy yordam koʻrsatish maqsadida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlayotgan ota-onalarning bandligini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi va 10 nafar fuqaro bilan bu borada tegishli amaliy ishlar olib borildi. Qolaversa, 80 yoshga toʻlgan keksa nuroniylar hamda 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga qarab turish holatlari oʻrganilib, qonuniy asosda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Ijtimoiy koʻmak faqatgina hujjatlashtirish bilan cheklanib qolmay, balki real hayotiy yordamlar ham koʻrsatilmoqda. Jumladan, ehtiyojmand 2 nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga maxsus protez-ortopediya moslamalari bepul yetkazib berildi. Joriy yilda muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijtimoiy reyestrda turuvchi, davlat taʼminotidagi oilalarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratilib, ularning xonadonlariga bayramona quvonch olib kirildi.

Bunday ezgu ishlarning natijasini insonlar taqdirida sodir boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarda yaqqol koʻrish mumkin. Masalan, Xizr eli mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironligi boʻlgan Zafar Tajiboyevning koʻzi homiylar jalb etilgan holda muvaffaqiyatli operatsiya qilinib, uning salomatligini tiklashga katta hissa qoʻshildi. Shuningdek, mahallada yakka-yolgʻiz yashovchi Aqilajon opa Eshniyozova holidan ham doimiy xabar olinib, unga oʻz vaqtida zarur ijtimoiy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Yana bir fuqaro, 2-guruh nogironligi boʻlgan Komila Xamidova ham eʼtibordan chetda qolmagan boʻlib, unga homiylar va ijtimoiy xizmatlar tomonidan muntazam ravishda kerakli koʻmaklar berib kelinmoqda.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, fuqarolarning dardiga sherik boʻlish, ularga eʼtibor va mehr koʻrsatish insonparvarlikning eng yuqori choʻqqisidir. Olib borilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar ogʻir vaziyatdagi fuqarolarning jamiyatga tezroq moslashuviga va ertangi kunga boʻlgan ishonchining ortishiga xizmat qilmoqda. Davlat tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlar va tizimli gʻamxoʻrlik yurtimizda hech bir inson eʼtibordan chetda emasligini, har bir fuqaro jamiyatda oʻzining munosib oʻrnini topib, farovon hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini amalda isbotlamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026