Içimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridagi holat qatʼiy nazoratda
Suv – hayot manbai. Uning beqiyos qadri va ijtimoiy ahamiyati ayniqsa, ekologik vaziyat öziga xos bölgan Orolböyi mintaqasida yanada yaqqolroq namoyon böladi. Şu boisdan ham, aholini toza içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlaş, oqova suv tarmoqlarining sifatli va barqaror işlaşini nazorat qiliş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan içimlik suvi hamda oqova suv sohasida xizmatlar körsatiş sifatini oşiriş, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça keng kölamli, maqsadli işlar amalga oşirilmoqda.
Inspektsiya hamda Özbekiston mahallalar uyuşmasi örtasida tasdiqlangan maxsus memorandumga asosan, joriy yilning birinçi yarmi davomida respublika böylab jami 119 ta ovul va mahallalarda örganişlar va monitoring tadbirlari ötkazildi. Uşbu örganiş işlari davomida 17 ta mahalla hududida içimlik suvi taʼminoti hamda oqova suv xizmatlarini körsatişda turli xil kamçiliklar va muammolar borligi aniqlandi. Holat yuzasidan zudlik bilan tegişli amaliy çoralar körilib, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga mazkur kamçiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qiliş böyiça qatʼiy körsatmalar berildi. Natijada aniqlangan tizimli muammolarning qariyb barçasi şu joyning özida ijobiy hal etilişiga erişildi.
Bu kabi nazorat va aholi bilan işlaş tadbirlari şu kunlarda ham izçil davom ettirilmoqda. Xususan, Inspektsiya mutaxassislari Amudaryo tumanida ham xizmat safarida bölib, Manğit şahrida joylaşgan Gulzor va Farovon mahalla fuqarolar yiğinlari binolarida aholi va masʼullar iştirokida uçraşuv ötkazdilar.
Tadbir davomida mahallalar maʼmuriyatiga birinçi galda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş sifati ustida qatʼiy jamoatçilik nazoratini örnatiş kerakligi batafsil tuşuntirildi. Şuningdek, amaldagi qonunçilik normalariga sözsiz rioya qiliş, suvni isrof qilmasdan, tejamkorlik bilan foydalaniş, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlarining oldini oliş, eng asosiysi, körsatilgan kommunal xizmatlar uçun tölovlarning öz vaqtida amalga oşirişni taʼminlaş borasida hamkorlikda iş olib boriş zarurligi alohida taʼkidlab ötildi. Şu bilan birga, aholining huquqiy va ekologik madaniyatini oşiriş maqsadida keng qamrovli tarğibot işlarini yanada kuçaytiriş lozimligi qayd etildi.
Muloqotlar davomida yana bir muhim masalaga alohida eʼtibor qaratildi. Içimlik hamda oqova suv inşootlari va tarmoqlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan turli avariyalar böyiça taʼminotçilarni zudlik bilan ogohlantiriş, şuningdek, rejali öçirişlar va texnik taʼmirlaş işlari olib boriladigan vaqtlarda isteʼmolçilarni oldindan xabardor qilişning muhim ahamiyati haqida mahallalar masʼullariga tegişli maʼlumotlar berildi. Zero, aholining oldindan ogohlantirilişi turli tuşunmovçiliklarning oldini oladi va ularga öz vaqtida zarur suv zaxirasini şakllantirib oliş imkonini beradi.
Aytiş joizki, joriy yil boşidan buyon inspektsiya tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça jami 17 ta avariya holati aniqlangan bölib, şundan içimlik suv tarmoqlarida 16 ta va oqova suv tarmoqlarida 1 ta holat qayd etilgan. Bunday noxuş vaziyatlarni zudlik bilan bartaraf etişga qaratilgan aniq körsatmalar kiritilib, belgilangan tartibda va öz vaqtida taʼmirlaş, tiklaş hamda bartaraf etiş çoralari körilgan.
Suv taʼminoti tizimining uzluksiz işlaşini taʼminlaş nafaqat soha xodimlari, balki barçamizning doimiy eʼtiborimizda bölişi lozim bölgan umummilliy masaladir. Isteʼmolçilarga sifatli xizmat körsatilişi va suvdan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilişi esa yurtimiz farovonligi hamda ekologik barqarorlikning kafolatidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶