Paxtaçilikda hal qiluvçi palla: “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida seminar ötkazildi
Mamlakatimiz qişloq xöjaligining yetakçi tarmoği bölgan paxtaçilikda ayni kunlarda eng masʼuliyatli va hal qiluvçi palla davom etmoqda. Hosil taqdirini belgilovçi uşbu muhim davrda yurtimiz böylab “Paxtaçilikda dolzarb 30 kun” oyligi uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri taşabbusi bilan joriy yilning iyul-avgust oylari mobaynida birinçi navbatda amalga oşiriladigan tizimli agrotexnik tadbirlar rejasi işlab çiqilgan bölib, u dala mehnatkaşlari uçun öziga xos yöl xaritasi vazifasini bajarmoqda. Ayni jazirama yoz faslida, ğöza rivojining eng muhim pallasida amalga oşiriladigan uşbu agrotexnik tadbirlar kelgusi hosil taqdirini hal qiluvçi asosiy omildir.
Mazkur ilmiy asoslangan keçiktirib bölmas agrotexnik tadbirlar şunçaki qoğozdagi körsatmalar emas, balki köp yillik tajriba va ilm-fan yutuqlariga tayangan muhim amaliy qöllanmadir. Asosiy maqsad – ğöza rivojini jadallaştiriş, zararkunandalarga qarşi tizimli kuraşiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda oziqlantiriş işlarini töğri yölga qöyişdan iborat.
Albatta, har qanday puxta işlangan dastur bevosita dalaning özida, dehqonning qöli bilan amaliyotga joriy etilgandagina kutilgan natijani beradi. Aynan mana şu maqsadni közlagan holda, joylarda körgazmali dala seminarlari, öquv-amaliy maşğulotlari ötkazilmoqda. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasining qişloq xöjaligida ulkan salohiyatga ega bölgan hududlaridan biri – Amudaryo tumanida ham bu borada salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
Dörman ovuli hududida faoliyat yuritayotgan “Kamoladdin Bekniyoz” fermer xöjaligining 12 gektarlik paxta maydonida uşbu dolzar masalalarga bağişlangan körgazmali seminar taşkil qilindi. Mazkur tadbir şunçaki yiğiliş emas, balki haqiqiy tajriba almaşiş, ilm va amaliyotni birlaştiriş maydoniga aylandi. Dalaning özida ötgan uşbu muloqotga hududdagi paxta-töqimaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari rahbarlari, şuningdek, tajribali agronomlar jalb etildi. “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida belgilangan barça muhim agrotexnik tadbirlarning tub mohiyati, ularning hosildorlikni oşirişdagi örni va ahamiyati bevosita yer egalariga, dala mehnatkaşlariga batafsil tuşuntirib berildi.
Seminarda Paxtaçilik kengaşining Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlariga biriktirilgan vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetuk olimlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi agroxizmatlar markazining malakali xodimlari ham iştirok etişdi. Seminarda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov tumanda qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barça daxldor taşkilotlarning rahbarlari va fermerlarga paxtadan möl hosil oliş maqsadida iyul-avgust oylarida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor masalalar böyiça topşiriq va tavsiyalar berdi.
Mutaxassislarning yöriqnomalari, olimlarning tavsiyalari va dehqonlarning köp yillik hayotiy tajribasi bir joyda uyğunlaşgan bunday körgazmali tadbirlar şubhasiz kelgusida öz mevasini beradi. Mavsumning har bir kunini ğanimat bilib, erta tongdon to qoronğugaça dalada ter tökayotgan dehqon va fermerlarimizning maşaqqatli mehnati tez orada yuksak xirmonlarda öz aksini topadi. Zero, bugun dalada töğri va öz vaqtida qilingan har bir agrotexnik harakat – ertangi möl hosil, farovonlik va iqtisodiy barqarorlikning mustahkam kafolatidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶