Afğon uruşi faxriylariga yubiley medallari topşirildi
Insoniyat tarixida şunday voqealar borki, ularning suroni yillar ötsa-da, qalblarda aks sado beraveradi. Tinçlikning qadrini va musaffo osmonimizning bebaho neʼmat ekanini teran anglaşda ötmişning ana şunday sahifalarini yodga oliş, uruş dahşatlarini öz közi bilan körgan insonlarning hayot yöliga nazar taşlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik bayrami arafasida Amudaryo tumani tarixi muzeyida ana şunday tadbir ötkazildi.
1979–1989-yillar davomida sobiq ittifoq qöşinlari tarkibida Afğoniston zaminida harbiy xizmat vazifasini ötagan afğon uruşi iştirokçilari va sobiq quroldoşlar iştirokida ötkazilgan tantanali yiğiliş “Veteran” jangçi faxriylar birlaşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi Amudaryo tumani vakili tomonidan taşkil etildi.
Yiğilişda Belarus Respublikasidagi Afğon uruşi faxriylari uyuşmasi vakillari, xususan, nafaqadagi podpolkovnik Oleg Bekniyazov va Anatoliy Suşitskiylar mehmon sifatida iştirok etişdi.
Tantanali marosim davomida jasorati va sadoqati uçun 4 nafar vatandoşimiz “Xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlandi. Ular safida 1980–1982-yillarda Afğonistonda xizmat qilgan Bozorboy Matqurbanov, 1982–1984-yillarda harbiy xizmat burçini ötagan Ozodboy Xöjaniyozov, 1985–1987-yillarda afğon zaminida xizmat qilgan Komiljon Sobirov hamda Ikrom Rajabovlar bor. Bundan taşqari, Afğonistondan sovet qöşinlari olib çiqilganiga 20-yil tölişi munosabati bilan taʼsis etilgan yubiley medali 5 nafar faxriyga tantanali ravişda topşirildi. Uşbu yuksak eʼtirofga 1979–1981-yillarda xizmat qilgan Şavkat Şomuratov, 1986–1988-yillarda yigitlik burçini bajargan Rahmatullo Xayitboyev, 1985–1987-yillarda armiya safida Afğonistonda xizmat qilgan Anvar Baltaboyev, şuningdek, 1981–1983-yillarda afğon uruşida iştirok etgan Umirbek Nurimbetov va 1984–1986-yillarda bu qonli töqnaşuvlarda qatnaşgan Abdullo Avezovlar sazovor böldilar.
Şu bilan birga, sobiq ittifoq qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilganiga 25-yil tölganligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal 1984–1986-yillarda xizmat qilgan Qadamboy Erimbetovga topşirildi. Tadbirning mukofotlaş qismida Farhod Atojonov va Bozorboy Şamurodovlar ham esdalik yubiley medallari bilan taqdirlanib, ularning ham uzoq yillik xizmatlari munosib eʼtirof etildi.
Tadbir taşkilotçilari tomonidan mehmondorçilik va yuksak hurmat ramzi sifatida belarusiyalik mehmonlarga ham “Veteran” jangçi faxriylar uyuşmasining esdalik medali hamda maxsus kökrak nişoni topşirildi. Uçraşuvning tantanali qismi yakuniga yetgaç, mehmonlar Amudaryo tumani muzeyiga taşrif buyurib, u yerdagi noyob ekspozitsiyalar, tumanning boy tarixi va öziga xos madaniyati bilan yaqindan tanişdilar.
Sobiq harbiy xizmat faxriylari bilan muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan bu kabi jonli uçraşuvlar jamiyatimizda ğoyat muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar ösib kelayotgan yoş avlod qalbida yuksak vatanparvarlik tuyğusini şakllantirişga, ularni mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalaşga, eng asosiysi, bugungi kundagi osoyişta hayotimiz va tinçlikning haqiqiy qadrini çuqur anglatişga beminnat xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶