12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 18:55
Qişloq xöjaligi 👁 2,354

Ğalla ekiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan körgazmali seminar ötkazildi

Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, xalqimiz dasturxonini sifatli va arzon non mahsulotlari bilan töldiriş maqsadida ğallaçilik sohasiga doimiy ravişda alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Har bir qariç yerdan unumli va oqilona foydalaniş, ilğor agrotexnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etiş hamda möl hosil yaratiş – bugungi kun dehqonlari oldidagi eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Şu maqsadda, joylarda bölğusi hosil poydevorini mustahkamlaşga qaratilgan muhim tadbirlar qizğin davom etmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida 2027-yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlarini ekiş mavsumiga tayyorgarlik işlari doirasida körgazmali seminar taşkil etildi.

Tadbir Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududida joylaşgan "Yakubova Gavhar" fermer xöjaligi maydonlarida bölib ötdi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Komiljon Aytbayev, Özagroinspektsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Yerpolat Qayipbergenov hamda tuman hokimi Sobir Xöjametovlar iştirok etib, mavsum oldidan bajarilişi lozim bölgan vazifalar haqida söz yuritdilar. Şuningdek, tadbirda köplab soha mutaxassislari, fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari qatnaşib, özaro tajriba almaşdilar.

Tadbir davomida kuzgi buğdoy ekinlarini maqbul muddatlarda ekiş masalasi kun tartibidagi eng asosiy mavzulardan biriga aylandi. Mutaxassislar tomonidan yerga sifatli işlov beriş, har bir hududning iqlim va tuproq şaroitiga mos keluvçi uruğni töğri tanlaş hamda ekiş meʼyorlariga qatʼiy amal qiliş böyiça zarur tavsiyalar berildi. Çunki, uruğ qadaş jarayonidagi har bir kiçik detal kelajakdagi hosildorlikka bevosita taʼsir körsatadi. Bundan taşqari, ekinlarning dastlabki rivojlaniş davrida agrotexnik talablar asosida parvarişlaş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, muhim körsatmalar berildi.

Seminarning eng ahamiyatli qismi esa, şubhasiz, amaliy maşğulotlar böldi. Dala maydonida fermer xöjaligi misolida ğalla ekiş işlari amaliy jihatdan körsatib berildi. Bunda yerga uruğ qadaş jarayonida texnikalardan unumli va töğri foydalaniş jihatlari namoyiş etildi. Mutaxassislar yuqori va sifatli hosil yetiştiriş uçun zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalaniş böyiça özlarining qimmatli tavsiyalarini fermerlarga yetkazişdi.

Tadbirda barça masalalar atrofliça tahlil qilinib, ğalla ekiş mavsumini yuqori saviyada va uyuşqoqlik bilan taşkil etiş rejalari belgilab olindi. Mutasaddi rahbarlarga belgilangan agrotexnik muddatlarda ekiş işlarini sifatli yakunlaş yuzasidan tegişli topşiriq va körsatmalar berildi. Zero, bugungi mehnat va töğri taşlangan qadamlar kelgusi yilgi hosilning möl va barakali bölişini taʼminlaydi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026