28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Adabiyot 👁 2,547

OQ YOʻL, QOʻSh SOHIL YoShLARI

OQ YOʻL, QOʻSh SOHIL YoShLARI

Yaqinda Urganch shahrida Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yosh ijodkorlarining VII mintaqaviy seminari boʻlib oʻtdi. Bu seminarni  oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi yozuvchilar ushmasi raisi oʻrinbosari Sirojiddin Sayyid, uyushma aʼzolaridan Rustam Musulmon, shoira Farogʻat Xudoyqulovalar tashrif buyurishdi. Shuningdek, bir guruh iqtidorli yoshlar bilan birga ustoz ijodkor yozuvchilardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi Kengesboy Karimov, Beknazar Yernazarov, Oʻrazboy Abdurahmonov, shoira Munavvar Qurbonboyevalar ishtirok etishdi.

Seminarga kelgan mehmonlarni Xorazm viloyati Madaniyat saroyida kutib olishdi va Xorazm viloyati hokimining muovini, Xotin qizlar qoʻmitasi raisi Shakarjon Xoʻjaniyozova "Isteʼdodlilar maktabi” VII mintaqaviy seminarini ochib berdi. Seminarning birinchi kunida yurtimizning joʻshqin daryosi Amudaryoning qoʻsh sohili ijodkor yoshlari oʻz sheʼrlaridan oʻqib, bir-birlari bilan tanishdilar va fikrlashdilar. Shu kuni kechqurun Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yosh ijodkorlarining "Isteʼdodim, ijodim bagʻringda gullar Vatan” shiori ostidagi "Isteʼdodlilar maktabi”  VII mintaqaviy seminarning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bunda yosh ijodkorlar - Amudaryo tumani "Barkamol avlod” bolalar markazidagi "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi Jamila Yangiboyeva, Umida Erdasheva, Javohir Yoʻldoshevlar va Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejidan Yulduz Yusupova, 36-sonli maktabdan Shahzod Qurbonboyev, "Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari Manzura Ashirboyevalar seminar sertifikati va maxsus sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Seminarning ikkinchi kunida ertalab ijodkor yoshlar viloyatning yangi 17 turdagi sport oʻyinlari oʻtkazishga moʻljallangan oʻyingohini tomosha qildilar va ajoyib taassurotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, yosh ijodkorlar Xorazm Davlat Universiteti yoshlari bilan ham uchrashdilar.

Uchrashuvni Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi oʻrinbosari Sirojiddin Sayyid olib bordi va koʻngilga yaqin sheʼrlari bilan tinglovchilar qalbidan joy oldi. Shoir va tarjimon Rustam Musulmon, xorazmlik ustoz shoirlar va yozuvchilardan Erkin Madrahimov, Komil Avaz, Ismoil Allambergenov, Sotim Avaz, Bibisara Otayeva, Gavhar Ibodullayevalar ishtirokida mushoira avj oldi. Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayohatga bordilar.

Mintaqaviy seminarda qatnashgan tumanimizning ijodkor yoshlari olam-olam taassurotlar bilan qaytdilar.    

Zulfiya OLLAYoROVA,

"Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari.

(Foto - http://myday.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026