Bitiruvçilar bandligi taʼminlanadi
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlaşning muhim böğini — örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi salohiyatli kadrlar tayyorlaş va yangi iş örinlari yaratiş borasida özining noyob va samaradorligi bilan muhim örin tutadi. Voyaga yetayotgan har bir yigit-qiz muayyan kasb-hunarga ega bölişiga erişiş, mehnat bozori talabi asosida eng munosib mutaxassislar tayyorlaş — uşbu tizimning asosiy vazifalaridan.
Joriy yilning 13-14-avgust kunlari Amudaryotumanidagi 7 ta kasb-hunar kollejlarida bitiruvçilarning öz bizneslarini boşlaşlari va tadbirkorlik faoliyatlari bilan şuğullanişlariga amaliy yordam körsatiş maqsadida "Bir darça” sayyor nuqtasi” loyihasi doirasida tadbirlar bölib ötdi.
– Mustaqillikning dastlabki yillaridan boşlab yurtimizda aholi, xususan, yoşlarni iş bilan taʼminlaş masalasi eng muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qöyildi. Avvalo, yigit-qizlarning doimiy mehnat bilan band bölişini kafolatlaşning huquqiy asoslari yaratildi, – deydi Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori Zafar Otamurodov. – Istiqlol yillarida qabul qilingan Mehnat kodeksi, «Aholini iş bilan taʼminlaş töğrisida»gi va «Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida»gi qonunlar va boşqa meʼyoriy hujjatlar yoşlarning, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarining işli bölişiga mustahkam zamin hozirladi. Bitiruvçilarni işga joylaştiriş çora-tadbirlari esa ular öqişni tugatişidan ança avval körilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada söz ketganda turli tarmoqlardagi korxona va taşkilotlarning kollejlarga biriktirib qöyilgani — «kollej — korxona» hamkorligini izçil amalga oşiriş, böş iş örinlari yarmarkalarini tizimli ötkaziş, iş beruvçi uçun imtiyozlar joriy etiş, yoşlarning öz işini taşkil etişiga kömaklaşiş va mikrokreditlar ajratiş kabi tadbirlar ijobiy samara berayotganini alohida taʼkidlaş joiz. Xususan, bugungi ötkazilayotgan tadbir – "Bir darça” sayyor nuqtasi” taqdimoti bu borada ança samarali ekani özi isbotini topdi. Tadbirda öquvçilar va ularning ota-onalari faol iştirok etib, yangi iş örinlari haqida xabar oliş, bankdan kredit oliş, garov taʼminoti, tadbirkorlik obʼekti uçun yer oliş, qurilişga ruxsat oliş, mulkni baholaş va suğurtalaş kabi önlab xizmatlardan "bir darça” orqali foydalaniş imkoniyatiga ega bölişdi.
Joriy öquv yilida Amudaryo tumanidagi örta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni 2600 ziyod öğil-qiz tamomladi. Ularning 509 nafari xususiy tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirgan. Mazkur loyihaning taqdimoti bölğusi yoş tadbirkorlarga katta imkoniyatlar eşigini oçib berdi. Loyiha doirasidagi tadbirlarda 138 nafar kollej bitiruvçilariga tijorat banklaridan imtiyozli kredit oliş uçun sertifikatlar berildi.
Ğ.YeŞNIYoZOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶