NAMUNALI TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ YÖLIDA
Mamlakatimiz xalqi mustaqilligimizning 24 yilligini nişonlaş arafasida turibdi. Bu davrda biz – har bir özbekistonlik Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, "Biz keça kim edigu, bugun kim böldik?” degan savolni özimizga berib köri-şimiz kerak.
Biz uşbu savolga javob topiş uçun ötmişimizga bir nazar taşlaymiz. Mustabid tuzum davridagi hayotimizni köz oldi-mizga keltiradigan bölsak, albatta, barça sohalarda qoloq bölgan bir jamiyatda kun keçirganimizni his qilamiz.
Yaratganga şukurlar bölsinki, mustaqillik biz uçun yangi davrni boşlab berdi. Ötgan 24-yil mobaynida, qisqa davr içida mamlakatimizda röy bergan katta özgarişlar bizni hayratga soladi. Ayniqsa mamlakatimizda kişilarning turmuş farovonligini, aholi salomatligini yanada yaxşilaşga kuçli eʼtibor berilayotganining özi vatandoşlarimiz uçun katta baxt hisoblanadi.
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi salomatligini yaxşilaşga yanada köproq eʼtibor berilmoqda. Buning uçun albatta tibbiyot sohasini rivojlantiriş, islohotlarni yanada çuqurlaştiriş işlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.
Ayni kunda tumanimizda 405-örinli markaziy şifoxona, 725 qatnovga möljallangan köp tarmoqli poliklinika, jami 900 qatnovga möljallangan 19 ta qişloq vraçlik punktlari tumanimiz aholisiga tibbiy xizmat körsatmoqda.
Tumanimiz tibbiyot muassasalarida jami 322 nafar vraçlar va 1142 nafar örta tibbiyot xodimlari samarali mehnat qilmoqdalar. Soğliqni saqlaş muassasalarida xizmat qilayotgan vraçlarning va örta tibbiyot xodimlarining belgilangan joylarda öz malakalarini oşirib borişlariga katta eʼtibor berilmoqda. Şu boisdan ham xodimlarimizning tajribalari oşib, işlarida sifat va samaradorlikka erişmoqdalar.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yilning 29 martidagi 91-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida aholiga körsatiladigan ftiziatriya, onkologiya hamda şoşilinç va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillaştiriş, muassasalar moddiy texnika bazasini mustahkamlaş böyiça bir qança işlar amalga oşirildi.
Soğlikni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş, jahon andozalari talablari va standartlariga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam körsatişni taʼminlaş maqsadida tuman tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli poliklinikasi binosi, maʼmuriyat binosi, şoşilinç tibbiy yordam bölimi binosi va markaziy şifoxonaning 4 ta binosida 2012-yilda 4 mlrd. 200 mln. sömlik rekonstruktsiya işlari bajarildi. Şu bilan birgalikda markaziy şifoxonaning yuqumli kasalliklar bölimi yangi binosi qurib bitkazildi.
2012-yilning aprel oyidan şoşilinç tibbiy yordam bölimi zamonaviy tarzda qurib bitkazilgan, barça qulayliklarga ega bölgan yangi binoga köçib ötdi. Bölimning ikkinçi qavatida jarrohlik bloki joylaşgan bölib, mazkur xonada bajariladigan operatsiyalar uçun barça qulayliklar yaratilgan.
Bölimda mavjud yuqori texnologiyali davolaş va diagnostika uskunalariga qöşimça ravişda 2012-yilda grant asosida IVL va boşqa bir qança yangi uskunalar blogi örnatildi.
Tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli ftiziatriya bölimi işlarini yanada jonlantiriş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 2012-yilda bölim 12 dona "Kvarts-4”bakteritsid lampasi va "Olimpus” rusumli mikroskop bilan taʼminlandi. 2015 yildan boşlab ftiziatriya bölimi binosida yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan salkam 2,5 mlrd. sömlik rekonstruktsiya işlari amal-ga oşirildi.
Tuman tibbiyot birlaşmasida Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining 2001-yil 23-iyundagi 328-sonli buyruğiga asosan aholiga körsatiladigan "Tez tibbiy yordam” xizmatini yanada takomillaştiriş masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
"Tez tibbiy yordam” bölimi 2008-yilda 3 ta sayyor şifokorlik brigadalari bilan sutka davomida almaşinib xizmat körsatgan bölsa, hozirgi kunda 6 ta sayyor vraçlik brigadasi tomonidan aholiga keçayu kunduz tez tibbiy yordam körsatilmoqda.
Qişloq vraçlik punktlari qişloq aholisiga yuqori malakali, köp qirrali, uzluksiz tibbiy yordam körsatadigan asosiy davolaş muassasasi hisoblanadi. Şu boisdan ham mavjud QVPlarning moddiy texnika bazalarini mustahkamlaş, ularni malakali, işçan tibbiyot xodimlari bilan taʼminlaş işlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar va bolalar soğligi muhofazasiga katta eʼtibor berilmoqda. Prezidentimiz taşabbusi bilan onalik va bolalikni muhofaza qiliş borasida olib borilgan izçil islohotlar natijasida "Soğlom ona – soğlom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi.
Aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxşilanişi xalqimiz salomatligining yanada mustahkamlanişiga samarali taʼsir körsatmoqda.
Mamlakatimizning barça tibbiyot xodimlari qatori bizning şifokorlarimiz ham aholi salomatligini muhofaza qiliş yölida butun kuç va ğayratlarini ayamaydilar.
Men fursatdan foydalanib, tumanimiz aholisini tibbiyot xodimlari nomidan mamlakatimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Olimboy
HALIMOV,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği,
tibbiyot fanlari nomzodi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶