14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 03:27
Siyosat 👁 3,267

31-avgust - Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni

31-avgust - Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni

QIPÇOQLIK  QATAĞON DAVRI JABRDIYDALARI

"Har qaysi xalq, - deb yozadi Prezidentimiz "Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuç” asarida, - milliy qadriyatlarini öz maqsad-muddaolari, şu bilan birga, umumbaşariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirib borişga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, tarixiy xotira tuyğusi tölaqonli ravişda tiklangan, xalq bosib ötgan yöl özining barça muvaffaqiyat va zafarlari, yöqotiş va qurbonlari, quvonç va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy örganilgan taqdirdagina çinakam tarix böladi”.

Tariximizning xolis va haqqoniy örganiladigan davrlaridan biri esa mudhiş  qatağon siyosati avj olgan  yillardir. Şukrki, istiqloldan keyin  şöro davrining qatağon qirğini yillarini  tadqiq qilişga imkoniyat yaratildi.

Quyida bugungi Amudaryo tumanining Qipçoq qişloğilik qatağon davr jabrdiydalari  haqidagi maqolani eʼtiboringizga havola  qilayapmiz. Maʼlumki, 1957-yil dekabrida Xorazm viloyatining Manğit, Qoraqalpoğis-tonning Qipçoq tumanlari birlaşişi natijasida Amudaryo tumaniga asos solingandi. Quyida  bir qator arxiv maʼlumotlariga tayanib  yaratilgan "Qatağon qurbonlari. 5-kitob” (R.Şamsutdinov, X. Qurbonov, U. Bekmuhammad. T, 2009, "Şarq” naşriyoti) asosidagi maqolani  tayyorladik.

Maʼlumki, 1937-38 yillardagi, hozirda ilmu fan tomonidan "Katta terror” deya atalayotgan qirğinbarot  davrda  yuz minglab insonlar turli ayblar bilan qatağon jabrini çekişdi. Ular orasida esa quyidagi qipçoqlik hamyurtlarimiz ham bor edi:

1937-yil 28-oktyabrda Örozov Saitembet (Sotimboy yoki Siytimmat ham bölişi mumkin-U. B. ) 10-yilga mehnat tuzatuv  lageriga qamoqqa hukm etilgan. U 1868-yilda Qipçoqning 7-ovulida tuğilgan bölib, qamoqqa olingan paytda kolxozda işlardi.

Şu kungi "Uçlik” yiğilişida Salamatov Ğoip  qamoqdan ozod qilişga hukm etilgan. U 1903-yilda tuğilgan bölib, Qipçoqning 4-ovulida  yaşab kelgan. Kelib çiqişi şayxlardan. Quloqlaştiriş davrida molu-mulki kolxoz ixtiyoriga olingandi. Surgun qilinişdan qörqib yaşirinib  yurgandi. Keyin esa kolxozga kirib işlay boşlagandi.

Öşa kungi  "Uçlik” qaroriga köra, Abdullayev Jabbor otuvga hukm qilingan. U 1907-yilda Qipçoqning Juotur ovulida tuğilgandi. Quloqqa  tortilgan, ammo surgun qilinişdan qörqib bir muddat yaşirinib yurgan. Keyin bölsa, kolxozga kirib  işlayotgandi.

Şu kuni yana Eşonov Matyoqubning işiyam yiğilişda körib çiqilgan. U 1892-yilda Qipçoqning 6-ovulida tuğilgan. Quloqqa tortilgan. 1931-yili şörolarga qarşi çiqqanligi uçun 3-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda işlayotgandi. Eşonov Matyoqub 10-yilga mehnat tuzatuv lageriga qamoqqa hukm etilgan.

Şuningdek Polvonov Boltaboyning taqdiri ham "Uçlik” ning öşa kungi yiğilişida hal etiladi. U 1897-yili Qipçoqning 7-ovulida tuğilgan bölib, quloqlaştiriş davrida molu mulki  kolxoz ixtiyoriga olingandi. 1932-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 5-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. 1937 yil 28-oktyabrda esa yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Erjonov Yöldoş -1905-yili tuğilgan, Qipçoqning 2-ovulida yaşayotgandi. U ham quloqqa tortilgan, 1932-yili 5-yilga, şörolarga qarşi çiqqani uçun qamalgan, muddatni ötab çiqqan, hibsga olingan paytda  kolxozda işlayotgandi. 1937-yil 28-oktyabrda Y. Erjonov yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Erjonov Qutum-1906-yilda tuğilgan, Qipçoqning 2-ovulida yaşab kelayotgandi. Otasi xonlik davrida qozi bölgan. Özi quloqqa tortilgan. 1932-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun 2-yilga qamalgandi. Muddatni ötab kolxozda tabelçi bölib işlayotgandi. 1937-yil 28 oktyabrda 10-yil qamoqqa hukm etiladi.

1937-yil 3 noyabrdagi "Uçlik” yiğilişida esa,  Böron Yesemurotovning işi körib çiqilgan. U 1915-yilda tuğilgan bölib, Qipçoqning Çoyquy  ovulida yaşab kelgan. 1936-yilda 3 yilga qamalgan, jazo muddatini töliq ötamay qaytib kelgandi. B.Yesemurotovga 10 yil mehnat tuzatuv lageriga qamoq jazosi belgilanadi.

Öşa kuni  yana Turjonov Boymanning  ham işi körib çiqilgan. U 1901-yili tuğilgan bölib, Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgandi. B. Turjonovga "bosmaçilik” harakatida iştirok qilganlik va boşqa ayblar qöyilib, otuvga hukm qilinadi.

Çvantalov (familiyasi hujjatda şunday yozilgan, aslida boşqaçaroq ham bölişi mum-kin - U. B. ) Kalpat-1901-yili  tuğilgan. U Qipçoqning 4-ovulida yaşab  kelayotgan, hibsga olingan paytda hunarmandçilik artelida işlardi. U ham  öşa kungi "Uçlik” qaroriga köra otuvga hukm qilingan.

Döstmuhammedov Besenboy-1912-yili tuğilgan. Qipçoqning 4-ovulida  yaşab kelayotgandi.  U ham hunarmandçilik  artelida işlayotgandi. U 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Sarlibekov Şerali - 1910-yili tuğilgan, Qipçoqning 4-ovulida yaşayotgandi. U ham hunarmandçilik artelida işlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq jazosi  belgilangan.

Kuzenboyev Kenjaboy-1904-yili  tuğilgan. Qipçoqning 4-ovulida yaşab kelayotgan, hunarmandçilik artelida  işlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq  jazosi belgilangan.

1938-yil 4 fevraldagi "Uçlik” yiğilişida  esa, Sapaniyozov Qöziboy  "xalq duşmani” sifatida otuvga hukm qilingan. U 1913-yilda Qipçoqda tuğilgan bölib, 1-ovulda yaşab kelayotgan, davlat kemaçilik idorasida bakenşik bölib işlayotgandi.

Şuningdek, öşa yilning 7-fevralida ötkazilgan yana bir yiğilişda quyidagi qipçoqliklar ham  otuvga hukm qilingan:

Aytmatbetov Murot oxun - 1886-yilda tuğilgan, Qipçoq qişloğidan.

Şomurotov Ernazar - 1875-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan. Xiva xonligi davrida qozisud lavozimida bölgan. Kelib çiqişi oxunlardan.

Eşnazarov Tojimurod -  1894-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, imom. 1929-yilda ham 2-yilga qamalgan va muddatni ötab Qipçoqqa qaytib kelgandi.

Tilovov Olloyor - 1894-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, mulla. Hibsga olingan paytda kolxozda işlab yurgan.

Örozboyev Yöldoş sari - 1894-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. Ötmişda ”bosmaçilik” deya nomlangan şörolarga qarşi kuraş iştirokçisi bölgan. Hibsga olingan paytda kolxozga kirib işlayotgandi.

Kamolov Aytan - 1890-yilda tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. 1932-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 5-yilga qamalgan, muddatni ötab qaytgandi. Ötmişda imom bölgan.

Örozov Iso - 1903-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, hibsga olingan paytda ovul kengaşi aʼzosi. 

Matnazarov Yereke (Erka bölişi mumkin - U. B.) - 1880-yil tuğilgan, 6-ovul kengaşidan. 1931-yili şörolarga qarşi çiqqani uçun 3-yilga qamalgan va muddatni ötab qaytgandi.

Otajonov Bekjon - 1895-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, ötmişda mulla bölgan. Ilgari şörolarga qarşi çiqqani uçun 10-yilga qamalgan, muddatidan oldin ozodlikka çiqarilgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda hisobçilik qilardi.

Sodiqov Olim maxsum - 1900-yilda tuğilgan, 5-ovul kengaşidan. Kelib çiqişi eşonlardan. 1932 yilda dindorligi va şörolarga qarşi çiqqanligi uçun 3-yilga qamalib, muddatni ötab çiqqandi.

Yusupov Mamut - 1885-yili tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, sobiq savdogar. 1931-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun qamalgan, muddatni ötab çiqqandi. Imomlik ham qilgan.

Örozimbetov Umar oxun - 1875-yili tuğilgan, 7-ovul kengaşida yaşab kelgan. 1931-yili şörolarga  qarşi çiqqanligi  uçun 5-yilga qamalgandi. Muddatni  ötab çiqqandi. Kelib çiqişi dindor-oxunlardan bölgan.

Nurmatov Yöldoş - 1885-yili tuğilgan, Qipçoqning Çoyköl ovulidan. 1929-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi uçun 3-yil qamoqqa hukm etilgan. Kelib çiqişi dindor-mulla.

Qurbonov Jumaniyoz - 1898-yili tuğilgan, 6-ovul kengaşidan, kelib çiqişi dindor-mulla. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Sadaddinov Bobo - 1899-yili tuğilgan, 7-ovul kengaşidan, dindorlar sulolasidan. Hibsga olingan paytda kolxoz brigadiri.

Örozboyev Eşon - 1890-yili tuğilgan, 2-ovul kengaşidan, mulkini kolxozga topşirmaganligi uçun quloqqa tortilgan. 1929-yili şörolar majburiyatini bajarmaganligi  uçun 3-yilga qamalgandi. Muddatni ötab qaytgan  va kolxozda işlay boşlagandi.

1938-yil 7 fevraldagi "Uçlik”-ning yiğilişida yuqoridagi şaxslarga otuv jazosi belgilangan bölsa, quyidagi qipçoqliklar 10-yilga MTL (mehnat tuzatuv lageri)ga qamoq jazosiga  hukm etilganlar:

Murotoxunov Xalilla maxsum - 1885-yili tuğilgan, 5-ovul kengaşidan, imomlik  qilgan.

Abdukarimov Sodiq-1881-yili Oqdaryo ovulida tuğilgan. Öz elida mullalik qilgan.

Hojimurodov Matnazar - 1872-yili Qipçoq tumanining 7-ovulida tuğilgan. Dindor bölgan.

Sapaşev Qozoq - 1908-yili tuğilgan, 2-ovulda yaşab kelgan. Quloqlaştiriş davrida mulkini kolxozga topşirmay, qoçgan. Hibsga olingan paytda esa kolxozda işlayotgandi. 

Tarix  öz maromida keçişda davom etadi. Davrlar, avlodlar izidan yangi davrlar, avlodlar keladi. Ammo bugungi va kelajak avlodlar qatağon davrda hayotlari azobu-uqubatda ötgan, taqdirlari fojiali yakun topgan yurtdoşlarimiz xotirasini aslo unutmasliklari lozim. Bularning bariga, tarixning haqqoniy örganilişiga esa istiqlol  imkon yaratdi.

 

Rustambek ŞAMSUTDINOV,

Umid BEKMUHAMMAD.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026