Tadbirkorlar - ELIMIZNING MADADKORLARI
Mustaqillik barça sohalarda yuksaliş va sifat özgarişlariga keng yöl oçib berdi. Mustaqillikka qadar mamlakatimizda umuman mavjud bölmagan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bugungi kunda yalpi içki mahsulotning 56 foizdan ortiği işlab çiqarilmoqda. Jami iş bilan band aholining 75-77 foizi mazkur sohada mehnat qilayotir. Natijada xalqimizning va jamiyatimizning tayançi hisoblanmiş mulkdorlar sinfi şakllandi. Tadbirkorlarimiz elimizga madadkor bölişmoqda. Buni "Sultonbek Safarboyev” masʼuliyati çeklangan jamiyati misolida ham körişimiz mumkin.
Jamiyat faoliyatini dastlab 2011-yilda "Mikrokreditbank” Manğit filialining 50 million sömlik imtiyozli krediti hisobiga kantselyariya mollarini sotişdan boşlagan bölsa, keyinçalik ofis texnikalarni taʼmirlaşni, maişiy texnika savdosini ham yölga qöydi. Oradan bir yil ötib "Ipotekabank”dan 230 million söm kredit olib, faoliyatini kengaytirdi. Tumanimizdagi byudjet va byudjetdan taşqari korxonalarga kantselyariya mollarini yetkazib berdi. Gaz, suv, elektr ölçagiç asboblarini sotiş va taʼmirlab davlat standartiga tayyorlab bera boşladi. Faoliyat turi kengaygani jamiyat daromadining köpayişiga asos böldi.
El xizmatiga bel boğlagan jamiyat tadbirkorlari joriy yilda özlarining iqtisodiy imkoniyatlarini hisoblab çiqib, Manğit şahrining "Böston” mahallasi hududi, Manğit buyum bozori oldidagi Qipçoq köçasi böyidan yer olib, smeta bahosi 1 milliard 250 ming sömlik savdo, maişiy xizmat kompleksi qurilişini boşladilar. Kompleks işga tuşirilgaç, ayni kunda Nizom Jumamurodov direktorlik qilayotgan mazkur jamiyatda 6 kişi mehnat qilayotgan bölsa, yana 10 iş örin yaratiladi va 10 nafar fuqaro iş bilan taʼminlanadi.
2014-yilda jamiyat tomonidan byudjet va byudjetdan taşqari jamğarmalarga 122 million sömdan ziyod mablağ soliq sifatida tölandi. Joriy yilning ötgan olti oyi mobaynida esa bu körsatkiç 870 million sömdan oşib ketdi.
Mazkur raqamlar "Sultonbek Safarboyev” masʼuliyati çeklangan jamiyati aʼzolarining mahalliy byudjetimiz mustahkamlanişiga ulkan hissa qöşayotganini körsatib turibdi. Tadbirkor – elga madadkor, deganlari şu emasmi?
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶