TABIIY GAZ – MILLIY BOYLIGIMIZ
Eng aziz, eng uluğ hisoblangan Mustaqillik bayramidan keyin neft va gaz sanoati xodimlari özlarining anʼanaviy kasb bayramlarini munosib mehnat yutuqlari bilan kutib olmoqdalar.
Dunyo xaritasi oldida turib qarasangiz, hamma mamlakatlarda ham tabiiy gaz zaxiralari yöqligini körib, jonajon Özbekistonda yaşayotganingizdan beixtiyor qalbingiz faxr va ğururga töladi. Tumanimizda 25 ming xonadon gazlaştirilgan bölib, şundan hozirgi kunda 11 mingdan ortiqroği tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz yetib bormagan yoki gaz tarmoğiga ulanmagan 17 ming xonadon suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
Tuman aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlaş uçun 5 ta avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasi (AGRS) işlab turibdi, şuningdek tabiiy gazni uzluksiz va bir maromda uzatiş uçun 479 ta gaz taqsimlaş punktlari bölib, şundan 54 donasi yuqori va 425 tasi örta bosim va past bosimda işlaşga möljallangan.
Ayni kunda mehnat jamoamizda 2015-2016-yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Yaʼni yer osti quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekşiriş, gaz quvurlarini böyaş böyiça reja-topşiriqlar ortiği bilan bajarildi. Dudburonlar sozligini tekşiriş, gaz taqsimlaş punktlarini böyoq qiliş işlari davom etmoqda, uzunligi 2,4 km. bölgan gaz quvurlarini rekonstruktsiya qiliş rejalaştirilgan bölib, loyiha hujjatlari tayyorlanib, ijroçilar bilan şartnoma tuzildi.
Aholi ehtiyojidan kelib çiqqan holda, Manğit şahrida suyultirilgan gaz ballonlarini töldiriş şoxobçasi, Xolimbeg, Kuyuk köpir va Qipçoq ovullarida servis markazlari aholiga xizmat körsatib kelmoqda. 2015 yilning boşidan şu kungaça jami 687,2 ming kilogramm suyultirilgan gaz filial tomonidan tuman aholisiga yetkazib berildi. "Amudaryo tumangaz” filialiga "Şimolgaztaʼminot” unitar korxonasidan 12 789 ta maişiy suyultirilgan gaz ballonlari olib kelinib, aholiga tarqatildi.
Xalqimizni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlaşda bundan keyin ham butun kuç va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz. Milliy boyligimiz bölgan tabiiy gazdan tejab-tergab, unumli foydalaniş, xalqimizga beminnat xizmat körsatişni yanada yuqori saviyaga kötariş uçun hamjihatlik bilan mehnat qilaveramiz.
Fursatdan foydalanib, neft va gaz sanoati xodimlarini anʼanaviy kasb bayramlari bilan tabriklayman.
Şuhrat TAJIBOYeV,
"Şimolgaztaʼminot” UK "Amudaryo tumangaz” filiali boşliği, xalq deputatlari
tuman Kengaşi deputati.
(Foto - http://www.lukoil-overseas.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶