Moʻl pilla hosili yoʻlida
Ayni kunlarda qishloq xoʻjaligi sohasida muhim mavsum – pilla mavsumi boshlandi. Mamlakatimizda pillachilik sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, pilla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarga ipak qurti parvarishlash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari hamda jihozlar bilan oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanayotgani pillachilik boʻyicha katta yutuqlarga erishishga zamin yaratmoqda.
Joriy yilda tumanimizda pilla yetishtirish boʻyicha «Mangʻit pilla» masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda 216 ta fermer va «Yulduz» hissadorlik jamiyati bilan 243,5 tonna pilla yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzildi. Oʻz navbatida fermer xoʻjaliklari 4167 ta ipak qurti boquvchi oilalar bilan ichki shartnomalar tuzdilar. Qishloq xoʻjaligida yilning dastlabki xirmonini barpo qilishda tuman hokimligi, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari, pillachilikka mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari hamda soha mutaxassislari pillakorlarga yaqindan yordam berib kelmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶