«Asrlar sadosi-2013» anʼanaviy madaniyat festivali paqamlarda
2013-yilning 4-5-may kunlari Navoiy viloyatining Sarmişsoy darasida, Toşkent şaxri va Buxoroda Fond Forum va YuNESKOning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taşkil etilgan oltinçi «Asrlar sadosi» anʼanaviy madaniyat festivalining tadbirlari bölib ötdi. Festivalning ikki kuni şunçalar yorqin va qiziqarli ötdiki, unda qatnaşgan iştirokçi va mehmonlar soni, qiziqarli vokealar hamda muhim faktlar haqida alohida statistik maʼlumotlar keltirib ötişni lozim topdik.
Mehmon va tomoşabinlarning umumiy soni - 100 mingdan ziyod.
Iştirokçilarning umumiy soni - 1500 nafarga yaqin.
Özbekistonning turli viloyatlaridan 22 ta folklor jamoasi 2 kun davomida tomoşabinlarni xuşnud etdi. Jamoalar aʼzolari sanʼati, mahorati, liboslari va iqtidori bilan barçani lol qoldirdi.
Mamlakatimizning barça hududlaridan 80 ga yaqin usta-hunarmandlar özlari bilan anʼanaviy va amaliy-bezak sanʼatining 100 mingdan ortiq qöl mehnati asosida yaratilgan buyumlarini olib keldilar.
16 nafar oşpaz mehmonlar uçun eng şirin, eng totli va mazali özbek taomlarini tayyorladilar.
Milliy liboslar festivalida Buxoro, Samarqand, Toşkent, Farğona va Andijon dizaynerlarining 15 ta töplami namoyiş etildi.
Anʼanaviy uloq-köpkari bellaşuvlarida 100 ga yaqin çavandoz iştirok etdi.
Qadimgi şarqona uyinlarda 15 juft qöçqor va 7 juft xöroz maydonga çikdi.
Özbek milliy kuraşida 100 nafar polvon ğalaba uçun özaro bellaşdi.
Loyihani taşkillaştiriş va ötkazişda 300 nafar köngilli - «Kelajak ovozi» yoşlar taşabbuslari markazining faollari iştirok etdi.
2 ta xalkaro anjuman: barqaror rivojlanişda madaniyatning örni va arxitektura epigrafika mavzularida ötkazildi.
Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Xiva va Qoraqalpoğiston meʼmoriy epigrafikasi haqida 6 ta kitob taqdim etildi.
Maʼnaviy bilimlarni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida 10 ta madrasaning 20 ta talabasiga stipendiyalar taqdim etildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶