28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:44
Salomatlik 👁 6,387

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga amaliy yordam

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga amaliy yordam

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan  2015-yil 15-iyundan 15 iyulgacha oʻtkazilgan "Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sogʻlom va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash”  mavzusidagi 3-tanlov yakuni natijalariga koʻra  Parlament komissiyasining 2015-yil 29-avgustdagi Qarori bilan Toshkent shahar nogiron Gemofiliya bemorlari Jamiyati  gʻolib deb topildi.

Loyihaning nomi: "7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 50 nafar nogiron gemofiliya bemorlarini tibbiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, huquqiy jihatdan hayotga tayyorlash, ularga kompyuterdan foydalanishning boshlangʻich va oʻrta kurs maʼlumotlarini berish, hamda shaxmat-shashka oʻyinlarini oʻrgatish”      

Loyihaningbajarilish muddati  12 oy.

Loyihaning umumiy summasi: 25 000 000 soʻm.

Loyihaning asosiymaqsad va vazifalari:

Nogiron gemofiliya bemorlarini hayotga har taraflama tayyorlab borish. Davolanish paytida darslaridan qolib ketmasliklari uchun taʼlim-tarbiya ishlarini davolanish bilan birgalikda olib borish. Gemofiliya bemorlarini tibbiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, huquqiy jihatdan xayotga tayyor boʻlishlariga koʻmak beruvchi kurs tashkil qilish. Ularga kompyuterdan foydalanishning boshlangʻich va oʻrta kurs maʼlumotlarini berish xamda shaxmat-shashka mashgʻulotlarini olib borish. Ularni har taraflama qoʻllab quvvatlab, ular ongiga "Gemofiliya bemorlari hech kimdan kam emas va kam boʻlmaydi xam” degan ijobiy tushunchani singdirish.

Maʼlumki Gemofiliya kasalligi ogʻir irsiy kasallik boʻlib bu xastalikda qon ivishi jarayonida qatnashuvchi VIII, IX yoki XI-omillardan biri sentizining pasayishi yoki buzilganligi yoki baʼzi xollarda umuman nol darajaga tushib qolishi natijasida yuzaga keladigan turli xildagi qon ketishlar xamda boʻgʻimlarga qon quyilishlari bilan tavsiflanadi. Kasallik faqat oʻgʻil bolalarda kechib, nasldan naslga oʻtadi va bolalikdanoq boshlanadi. Kasallikning birinchi alomatlari jarohatlanganda toʻxtamasdan qon ketishi, bolaning tishi chiqayotganda milklarning qonashi, xatna-sunnat qildirilganda qonning toʻxtamasligi, yurishni boshlagandan soʻng oyoqlar va koʻllarning boʻgʻimlariga qon quyilishi bilan boshlanadi. Boʻgʻimlar serharakat boʻlganligi tufayli birinchi qon quyilishidan soʻng tez-tez qon quyilishlari kaytalanishi natijasida boʻgʻimlarning faoliyati oʻzgarib qoʻl va oyoqlarda turli xildagi deformatsiyalar yuzaga keladi, natijada qoʻl yoki oyoq yigʻilib bukilmaydigan, choʻzilmaydigan boʻlib qotib qoladi. Gemofiliyaga chalingan kasallar yetuklik chogʻidayok nogiron boʻlib qoladilar.

Respublikamizda 1500 dan ortiq Gemofiliya bemorlari boʻlib 25 foizdan ortiqrogʻi maktab yoshidagi bolalardan iborat. Ular bugungi kunda Toshkent shaxridagi Gematologiya va Qon quyish Ilmiy Tekshirish Institutida xamda viloyatlar markaziy shifoxonasining gematologiya boʻlimlarida davolanib kelmokdalar. Ularning deyarli barchasi I- va II-gurux nogironlaridirlar.

Gemofiliyaga chalingan bemorlarning kasalxonada bir martalik davolanish davomiyligi oʻrtacha 20 kunni tashkil qiladi. Yil davomida ular 3-4-martagacha, baʼzan esa undan xam koʻp kasalxonada yotib davo muolajalarini olishga majbur boʻladilar. Bu vaqt mobaynida bolalar maktabdagi taʼlimdan anchagina ortda qolib ketishadi. Shu bilan birga doimiy tarzda kasalxonada davolanish ular ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib jamoatchilikdan oʻzlarini olib qochishlariga, xayot oxirigacha shunday, ogʻriq va azoblar iskanjasida davom etadi degan notoʻgʻri tushunchaning paydo boʻlishiga olib kelmoqda.

"Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni sportning turli mashgʻulotlariga, fan va sanʼatga jalb qilishning amaliy choralarini koʻrish” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblik qoʻlga kiritilgach mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida Toshkent shaxar nogiron gemofiliya bemorlari Jamiyati joylashgan  Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti, Gemofiliya va qon tizimi Depressiyasi markazida maxsus xona tashkil qilindi. Taʼlim jarayoni uchun kerak boʻladigan barcha jihozlar harid qilindi va oʻrnatildi. Bugunga kelib Gemofiliya bemorlarini tibbiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, huquqiy jihatdan hayotga tayyorlash boʻyicha mashgʻulotlar loyiha rahbari tomonidan xaftasiga 6 kun 60 daqiqadan, shuningdek lozim boʻlgan holatlarda qoʻshimcha tarzda bemorlarning ota-onalari uchun xam amalga oshirilmoqda. Mashgʻulot uchun tarixiy, madaniy, jugʻrofiy, badiiy, sanʼatshunoshlik, madaniyat va taʼlim tarbiyaga oid turli adabiyotlardan iborat boʻlgan ixcham kutubxona mavjud.

Kompyuterdan foydalanishning boshlangʻich va oʻrta kurs maʼlumotlarini berish mashgʻulotida:

ü    5 dona kompyuter barcha jihozlari bilan birgalikda bor.

ü    Mashgʻulotlar informatika maʼlumotiga ega boʻlgan murabbiy tomonidan xaftasiga 3-marta 60 daqiqadan olib borilmoqda.

Shaxmat shashka mashgʻulotlarini olib borishda:

ü    Mashgʻulot uchun 10 dona shaxmat xamda 10 dona shashka toʻplamlari bor.

ü    Mashgʻulot tegishli murabbiy tomonidan xaftasiga 3-marta 60 daqiqadan olib borilmoqda.

Mazkur jarayondan avvalo nogiron gemofiliya bemorlari, ularning ota onalari juda xam mamnundirlar. Ularning aytishlaricha kasallik sababli koʻp vaqtlari shifoxonada oʻtadigan maktab yoshidagi gemofiliya bemorlari uchun mazkur tadbirning amalga oshirilganligi ularning taʼlim tarbiya jarayonidan orqada qolib ketmasliklari yoʻlida qilingan, tahsinga loyiq ishdir.

Xulosa qilib aytganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti loyihasi Toshkent shahar nogiron Gemofiliya bemorlari Jamiyati  tomonidan belgilab olingan vazifalar doirasida oʻzgacha bir ruh, oʻzgacha shijoat bilan amalga oshirilmoqda.

Zafarjon Behbudov, Toshkent shahar nogiron Gemofiliya bemorlari Jamiyati Raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026