OBODLIK SARI EZGU QADAMLAR
- Qudratimizga şubha qilganlar biz qurgan imoratlarni kelib körsin, - degan edi Sohibqiron Amir Temur bobomiz.
Ha, imoratlar xalqning maʼnaviyatini, salohiyatini özida aks ettiruvçi közgudir. Muhtaşam binolar körgan közni quvontiradi, kişiga zavq bağişlaydi, gözallikka intiliş tuyğusini uyğotadi.
Istiqlol yillarida tumanimizda keng miqyosda körkam va çiroyli madaniy-maişiy binolar barpo etiş, köçalar böylarida qad rostlab turgan binolar atroflarini obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi va bu iş bugungi kunda ham asosiy vazifalarimizdan biri bölib turibdi.
Joriy yilda tumanimizda 130 milliard sömdan ortiq quriliş, kapital rekonstruktsiya, kapital taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Şundan 100 milliard sömdan ortiq iş hajmi davlat va mahalliy byudjet mablağlari, 30 milliard söm atrofidagi işlar esa aholining öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Bu quriliş materiallari – ğişt, ohak, truba, plita, brusçatkalarga ehtiyoj katta bölişidan dalolatdir. Yaʼni, tumanimizda «Obod turmuş yili» ulkan bunyodkorliklargina emas, balki quriliş materiallarini işlab çiqarişda jadal surʼatlarga erişiladigan davr ham böladi.
2013-yil uçun tasdiqlangan Dasturga muvofiq, 5 ta yangi quriladigan, 5 ta rekonstruktsiya va 2 ta kapital taʼmirlaş obʼektlariga 9 417,9 million söm, kanal va nasos stantsiyalari rekonstruktsiyasiga kelgusida 43,8 milliard söm, içimlik suvi tarmoği qurilişiga 3761,8 million söm, namunaviy uy-joylarning suv tarmoqlari qurilişiga 164 million söm, namunaviy loyiha asosida quriladigan 70 ta uy-joylarga 8991,4 million söm, Urganç-Manğit şaharlari – Turkmaniston Respublikasi çegarasi davlat ahamiyatidagi avtomobil yölini taʼmirlaşga 4,270 milliard söm, içki toşli yöllarni qora qoplamaga ötkazişga 426,9 million söm, tuman obodonlaştiriş boşqarmasi balansidagi umumfoydalanişdagi xöjaliklararo içki yöllarni joriy taʼmirlaşga 320,48 million söm, tabiiy gaz quvurlari rekonstruktsiyasiga 79 million sömlik mablağlar ajratildi va mazkur obʼektlarda işlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Şuningdek, ovul va mahallalarda elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş uçun 8 ta yangi transformatorlar örnatiladi va davlat, mahalliy ahamiyatdagi içki xöjaliklararo yöllarda taʼmirlaş va keng miqyosda obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladi. Amalga oşirilayotgan rejalar tumanimiz aholisining turmuşi yuksalişiga, obod va farovon bölişiga xizmat qiladi.
A.MADRAIMOV,
tuman arxitektura va quriliş bölimi birinçi toifali mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶