QÖLLARINGIZ DARD KÖRMASIN!
Yaqinda farzand kutayotgan kelinimning tobi qoçib qoldi. Oy-kuni yaqin bölganligi sababli uni tuğruqxonaga olib bordim. U yerda navbatçi şifokorlar hali 2-3 hafta borligini aytişdi va uyga ketişga ruxsat berişdi. Men kelinim bilan uyga qaytdim. Ertasiga ayollar körigiga olib bordim, bu yerdagi şifokorlar homilador ayollar patologiyasi bölimiga yotqizişdi. U yerda 2-3 kun yotdi. Kimdir Nukusga olib ketişimni aytsa, yana biri Urgançni tavsiya qildi. Men kelinimning ahvoli yölda yomonlaşib qolişidan çöçib, heç qayerga olib ketmadim. TTB huzuridagi 1-sonli tuğruqxona mudirasi Habiba Törayeva va akuşer-ginekolog Muhabbat Yusupovalar bilan maslahatlaşganimda, Habiba kulib turib: "qörqmang, eson-omon qutilib oladi”, - dedi. Xullas, kelinim öz farzandini soğ-salomat qöliga oldi. Allohga ming şukur, ana şunday fidoyi, öz kasbining ustalari bölgan şifokorlar Habiba Törayeva, Muhabbat Yusupova, tuğruqxona jonlantiriş bölimi şifokori Rustam Xolimbetov va hamşira Muborak Hayitboyevalarning jonkuyarligi sababli oilamizga nabiram bilan birga katta quvonç kirib keldi.
Men baʼzan yaqinlarimni körgani tuğruqxonaga borsam, Habibaga yoki Muhabbatga duç kelsam, hamişa ularning muloyim çehrasi va şirin muomalasidan könglim toğday kötariladi. Habibaxon Törayeva, Muhabbatxon Yusupova, Rustamjon Xolimbetov, Muborakxon Hayitboyeva kabi qöli gul şifokorlarimiz borligi uçun ham qança-qança oilalar quvonçga tölib ketadi. Men esa ana şunday quvonçga sazovor inson sifatida bu şifokorlarning oilalarini va köngillarini Allohning özi baxtga töldirişini tilayman. El-yurt soğligi yölidagi fidoyi xizmatlarida kuç-quvvat, muvaffaqiyat yor bölsin, deyman.
Şirin sözingiz ham dillarga malham,
Mehrli nigohdan kuç olar bemor.
Ey, oppoq libosli gözal fariştam –
Samimiyat tojin kiygan şifokor.
Inobat OTAJONOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶