28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Jamiyat 👁 240

“BIZ KOʻRGAN URUShNI ENDI HECh KIM KOʻRMASIN!”

“BIZ KOʻRGAN URUShNI ENDI HECh KIM KOʻRMASIN!”

Mashʼum xotiralar bilan tarixga muhrlangan afgʻon urushi jarohatlari haliga qadar qalblarimizni tirnaydi. Afgʻon choʻllarida chorasiz qolgan kunlarimiz, birdan boshlanadigan dahshatli otishmalar, daydi oʻq tegib bevaqt hayotdan koʻz yumgan quroldoshlarimiz yodi gohida tushlarimizda sarosar kezib, bir on yoʻqlik qaʼriga tortib ketayotgandek tuyuladi...

Ha, biz mana shunday dahshatli kunlarni boshimizdan kechirdik. Oʻzimiz guvoh boʻlgan bu hayotni hech kimga, hatto dushmanimizga ham ravo koʻrmaymiz. Oʻshanda biz endigina 18 yoshga kirgan, ota-onamiz bagʻrida tashvish nimaligini bilmay yashab yurgan kezlarimizda birdan urush maydoniga kirib, xuddi tush koʻrayotgandek boʻlganmiz. Boshida salla, qoʻllarida qurol boʻlgan yuz-koʻzi oʻralgan odamlar, tank va harbiy mashinalar kolonnasi, saf tortgan harbiylar haliga qadar koʻz oʻngimizdan ketmaydi.

Bizni 1981-yilda Vatan oldidagi burchimizni bajarishimiz uchun Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi Abay tumaniga joʻnatishgan edi. U yerda ikki yarim oy davomida kuchli rejimda harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazishdi. Shundan keyin bizni Toshkentga yuborishdi va aeroportda qoʻllarimizga harbiy biletlarimizni berib, Afgʻonistonga joʻnatishayotganini aytishdi. Oʻshanda ham hech birimiz urushga ketayotganimizni bilmaganmiz. Qobulga borib, samolyotdan tushishimiz bilan hammamizni turli polklarga qoʻshishdi va oʻzimiz ham kutmagan holda jangchilarga aylandik.

Tirik qolish gumon, imkonsiz boʻlgan hayotga birdan tushib qolish kimni ham dovdiratmaydi deysiz. Biz togʻlar orasidagi yoʻllarda, BTRlar, tanklar, oʻq yomgʻirlari orasida ikki yil tahlikada yashab, jang qildik. Afgʻon choʻllarida och-nahor, suvsiz qolib ketganimizda, oʻq yomgʻirlari bir on tinganida biz oʻz yurtimizdagi tinchlikning juda-juda qadrli ekanini his qilardik. Uyimizga xat joʻnatsak, urushdaligimizni aslo aytmas edik. Qoʻllarimizda rubob yoki boshqa buyumlarni ushlab tushgan suratlarni yuborib, oʻzimizni xuddi oʻynab-kulib yurgandek koʻrsatardik. Aslida esa bugun tirik boʻlsak, ertangi kun omon qolishimizga ishonch yoʻq edi.

Bu azoblarni, tashlab ketilgan joyimizda haftalab nonsiz, suvsiz qolib ketganlarimizni hali ham unutganimiz yoʻq.  Tagʻin ham biz tirik qaytdik, qanchadan-qancha quroldosh doʻstlarimiz koʻz oldimizda halok boʻlib, uylariga temir tobutlarda qaytishdi. Mana shunday dahshatli kunlarni koʻrib qaytgach, dunyoga butkul boshqacha koʻzda qaraydigan boʻldik. Yaratganga shukurki, rizqimiz tugamagan ekan, kelib oilali boʻldik. Farzandlar kamolini, nevaralar koʻrish nasib qildi.

Biz koʻrgan urushlarni endi hech kim koʻrmasin, bugungi osoyishta kunlarimiz bardavom boʻlsin! Tinchlik, toʻkin-sochinlik Alloh bizga berib qoʻygan eng ulugʻ neʼmatlardandir.  Biz bularning qadriga yetishimiz, koʻz qorachigʻiday asrashimiz kerak.

Komiljon Iskandarov, Farhod Otajonov,

sobiq afgʻon urushi qatnashchilari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026