12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:35
Jamiyat 👁 510

DÖRMAN QIŞLOĞINI KÖRGANI KELING!

DÖRMAN QIŞLOĞINI KÖRGANI KELING!

Dörman – Amudaryo tumanining Qiliçboy mavzesidagi jannatmakon qişloqlaridan biri. Xalqi juda mehnatkaş, ahil, inoq. Bir bora bu qişloqda bölgan kişining xotirasida yöl böylarida saf tortgan qoratollar, olça daraxtlari, mevazor boğlar, ariqlar böylarida qişloqqa kelguvçilarga xuddi: “Xuş kelibsiz”, deganday boş egib turgan naʼmatak butalari, obod va farovon xonadonlar, qalblarni entiktirib yuborguvçi sölim tabiat manzaralari bir umr muhrlanib qoladi. Şuning uçun ham Özbekistonning, Qoraqalpoğistonimizning qay göşasida bölib, “Amudaryodanman”, desangiz, albatta, Dörman qişloği, uning betakror, sölim tabiati, hosildan şoxlari larzon mevazor boğlari haqida söraşadi. Dörmanni Özbekistonning dunyoga maşhur Şohimardon, Söqoq, Ğazalkent, Nanay kabi qişloqlariga mengzaşadi.

Haqiqatan ham bir vaqtlar osmonöpar böyteraklari bilan tilga tuşgan Dörman qişloğining bugungi körki, tört fasl tarovatini özida mujassam etgan yam-yaşil arçazorlari, tobora obodlik kasb etayotgan infratuzilma obʼektlari bilan yanada çiroy oçgan.

Umumiy yer maydoni 156 gektar bölgan bu gözal maskanda 2673 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi, yaʼni salkam  1000 nafari yoşlar hissasiga töğri kelişini inobatga olsak, dörmanliklar tobora yoşarib borayotganini his etasiz. Hududdagi 100 gektarlik ekin maydonining har bir qariç yeridan unumli foydalanayotgan aholi turmuş tarzi havasga munosib. Bözçi, Bekobod, Paxtaobod, Sarioltin, Kunxöja nomidagi va Oltinsoy köçalarining har birida tadbirkorlik subʼektlari – 2ta sartaroşxona, ayollar gözallik saloni, dorixona, 7ta kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qiluvçi dökon, çevarlik tsexlari mavjud.

Qişloq aholisining özaro mehr-oqibati, birdamligi bois, özbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq va boşqa millat vakillari birining muşkulini biri oson, oğirini yengil qilib yaşaşga odatlanişgan.

– Qişloqda begona yöq, – deydi mamnuniyat bilan OFY raisi Atamurat Yusupov, –hamma bir-biriga qon-qarindoş, qardoş, ildizi, orzu-niyatlari, hatto taqdirlari tutaş insonlar. Şuning uçun ham hamqişloqlarimizning bitmagan işi qolmaydi.

Haqiqatan ham dörmanliklar hududni obodonlaştiriş, kökalamzor göşaga aylantiriş, boğ-roğ yaratib, dehqonçilik madaniyatini yuksaltirişda hamişa  yakdil. Keç kuzda, erta bahorda qişloq ahli jam bölişib köçalar böylariga, guzar yöllar çetlariga mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekişadi. Aholi tomorqa yerlarini suv bilan taʼminlovçi ariqlarni keç kuzda ham, erta bahorda ham yaxşilab tozalab qöyişga odatlangan aholi uçun yerlarni suğoriş masalasida muammo tuğilmaydi, suv yöli toza bölgaç, isrofgarçilikning oldi olinadi va suv ravon oqadi.

Qişloq hududida amalga oşirilayotgan barça ezgu işlarda “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bözçi va Bekobod köçalariga şağal-toş yotqiziş, Bekobod-4 köçasi aholisining elektr energiyasi taʼminotini  yaxşilaş maqsadida transformator örnatişda, şuningdek, Bekobod köçasining 600 metrlik qismida yangidan yöl oçilib, 8 km. uzunlikdagi suv yöllarining tozalanişida “Mahalla yettiligi”ning taşabbusi, aholining hamjihatligi tufayli barça işlar samarali va sifatli yakun topdi. Bu hamjihatlik keç kuzda, “Yaşil makon” umummilliy harakati doirasidagi köçat ekiş işlarini ham muvaffaqiyatli amalga oşiriş imkonini berdi. OFY raisi Atamurat Yusupov boş-qoş bölgan kuzgi köçat ekiş mavsumida dörmanliklar “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda 1200 tup mevali va manzarali daraxt köçatlarini ötqazişdi. Qişloq hududidagi 3 km. markaziy yöl böylaridagi daraxtlarga ohak bilan işlov berilib, naʼmatak butalari tartibga keltirildi. Bekobod-7, Bekobod-5 köçalariga 45 dona beton ustunlar örnatilib, 550 metr SIP kabellari tortildi. Yuksak maʼnaviyat köçasiga esa 12 dona quyoş panelli tungi yoritgiçlar örnatilganidan aholi mamnun.

Paxtaobod va Oltinsoy köçalarida istiqomat qiluvçi aholi köçalarning notekis, önqir-çönqirligidan, qişda loy, yozda çang kötarilib, xonadonlargaça kirib borişidan aziyat çekişardi. Bu muammo ham “Mahalla yettiligi”ning hamkorligi, qolaversa, aholining hamjihatligi tufayli ijobiy yeçim topdi. Mazkur köçalarning 1 km. qismiga toş va şağal töşaldi.

Elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida “Yaşil energiya” resurslaridan samarali foydalanilmoqda. Xususan, OFY binosiga quyoş paneli, hududdagi köçalar böylariga quyoş panelli tungi yoritgiçlar örnatildi. Qişloq hududini tuman markazi va qöşni Xorazm viloyatining Gurlan tumani bilan boğlovçi guzar yölini kesib ötuvçi zahkaş ustiga temir-beton köprik qurilgani esa aholi uçun katta qulaylik yaratdi. Endilikda aholi har ikkala tumanlar markaziga boriş uçun olis masofadan, aylanib yurişmaydigan bölişdi, yöl ham, vaqt ham qisqardi.

Qişloq aholisini ijtimoiy himoyalaş, aholi bandligini taʼminlaş, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli Prezidentimizning şaxsiy taşabbuslari bilan har bir mahalla uçun ajratilgan 500 mln. sömlik davlat mablaği hisobidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 11tasining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida xonadonlarining tom qismi şiferlab berildi.

Aholi murojaatlari bilan işlaş borasidagi örganişlar natijasida 49 nafar işsiz fuqaroga özini-özi band qiliş tamoyili asosida yakka tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlari uçun şaroit yaratiş maqsadida imtiyozli kredit mablağlari olişlariga kömaklaşildi va 2 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi.

Ayni paytda dörmanlik tomorqa yer egalaridan 7 nafarining  öz issiqxona xöjaligi bor. 4 nafar fuqaro esa baliqçilik bilan şuğullanadi. 3ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, 1ta tozalangan suv bilan taʼminlaş şoxobçasi, göşt dökoni, etikdözlik ustaxonasi va 12ta xalq isteʼmol mollari va oziq-ovqat dökonlari dörmanliklar xizmatida. Kuniga 5 xildagi non yopadigan nonvoyxona xizmatidan aholi mamnun.

Dörmanliklarning farzandlari taʼlim-tarbiya oladigan 20-sonli va 84-sonli maktablari esa haqiqiy maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari hisoblanadi.

Öz faoliyati davomida neça minglab bilimdon yoşlarni katta  hayot sari uçirma qilgan 20-sonli maktabning sobiq bitiruvçilari orasida yirik davlat va jamoat arboblari, taniqli şoir va yozuvçilar borligini hisobga olsak, Dörman qişloğining sölim tabiatidan bahra olib ulğaygan insonlar haqiqiy elparvar, vatanparvarlardir.

Hududdagi 84-sonli umumtaʼlim maktabi nafaqat özining sölim tabiat bağrida joylaşgani, balki uşbu taʼlim maskanida amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar tufayli ham havasga munosib. Yam-yaşil arçazorlar bağridagi muhtaşam binoda taʼlim-tarbiya olayotgan dörmanlik  yoşlar erişayotgan yutuqlar alohida mavzu. Hududdagi 15-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilarining burro sözlaşlari, hatto özlari tuğilib-ösgan qişloq bilan faxrlanişlari ham havasga munosib.

Darvoqe, “Mahalla yettiligi”ning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari bilan 2023-yil davomida ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan fuqarolarning öz hayotlarini yaxşilaşlari uçun zarur şaroitlar yaratildi. 45 nafar yoşga, 93 nafar “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan ayol-qizlarga, “Temir daftar”dagi 1 nafar fuqaroga hududdagi fermer xöjaliklari tomonidan sabzavot ekinlari ekişlari uçun 15 gektar yer ajratib berildi. “Yoşlar daftari”dagi 17 nafar, “Ayollar daftari”dagi 12 nafar işsiz xotin-qizlarning har biriga buğdoydan  böşagan maydonlar takroriy ekinlar ekiş uçun 0,25 sotixdan ajratilib, ularning öz oilalari iqtisodini yaxşilaşlari uçun kömaklaşildi.

Qişloqda boquvçisini yöqotgan, nogironligi bor bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 19 nafar ayol-qizlar “Mahalla yettiligi”ning doimiy eʼtiborida. Ularning har biriga 1 320 000 sömdan bir martalik moddiy yordam ajratilib, 12 nafar tibbiy muolajaga muhtoj ayollarning öz salomatliklarini tiklaşlarida, soğlomlaştirilişida kömaklaşildi.

Dörman – usta paxtakor, mohir tomorqaçi, har bir qariç yerning qadrini oşirib, boğ-böstonga aylantiruvçi fidoyi insonlar yurti. Qişloq ahli 2023-yilda böş turgan 5 gektar yer maydonini kim oşdi savdolari orqali yutib olib, bu yerlarda möl-köl hosil  yetiştirdilar. Ular nafaqat öz oilalari, balki amudaryoliklar, qolaversa, Qoraqalpoğistonning şimoliy tumanlari aholisi dasturxonlarini ham sarxil noz-neʼmatlari bilan boyitdilar.

Elim, yurtim, oilam, farzandim, deb yaşaguvçi qişloq ahli uçun qaynona-kelin mojarosi, qöşni bilan qöşni örtasidagi araz, gina-kuduratlar begona. Bu qişloqda biri-biriga qon-qarindoş, tub-ildizi bir oilalar farzandlari yaşaşadi. Qaynona bilan kelin örtasidagi yoki qöni-qöşnilar örtasidagi araz, gina-kuduratning oldini olişga nuroniy otaxon va onaxonlar, köça boşçilari, ziyolilar özlarini masʼul deb bilişadi. Şu bois, hududda huquqbuzarliklar, oilaviy  kelişmovçiliklar, firibgarlik bilan boğliq jinoyatlar, yoş oilalar örtasidagi araz va ginalarga örin yöq.

– Bu kabi salbiy holatlarga barham beriş dörmanliklarning burçi, – deydi Atamurat Yusupov.

Biz ijodiy jamoamiz bilan tabiati gözal va sölim, xalqi ahil va mehnatkaş Dörman qişloğida bölganimizda bir narsaga amin böldik: qayerdaki, odamlar bekorçi bölib qolişsa, öşa yerda jinoyatlar, huquqbuzarliklar urçiydi, odamlar orasidan mehr-oqibat kötariladi. Dörman qişloğida esa hayot tamoman boşqaça, qişloq ahli mehnatsiz ötgan kunini umr daftariga kiritişmaydi, hovlisida kaftdek yerni böş qoldirişni özlariga ep körişmaydi, qöşni-qöşnisi bilan musobaqalaşgan kabi deqqonçilik  qilişadi, tadbirkorlik bilan şuğullanişadi. Çunki ular kimsan, Qiliçniyozboyning avlodlari, izdoşlari. Qiliçboyning havosidan nafas olib, Qiliçboy arna suvini içib, ösib-ulğaygan, farzand tarbiyalayotgan fidoyi xalq!

Xalqimiz bekorga:

– Qanday yaşab, mehnat qilişni qiliçboyliklardan örganing, – deyişmagan.

Yaxşisi, azizlar, Amu elining jannatmakon vodiysi, sohibkor-boğbonlar, fidoyi va mehnatkaş insonlar yurti – Qiliçboy mavzesining Dörman qişloğini körgali, musaffo havolaridan töyib nafas olgali bir bora keling, bunga yaqqol guvoh bölasiz.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026