“Biz – barkamol avlod, porloq kelajak bunyodkorlarimiz” tanloviga
Biz - Vatanning kelajagimiz
Men Vatan deganda avvalo, tuğib voyaga yetkazib, oq yuvib, oq tarab ulğaytirayotgan onamni tuşunaman, mening suyanç toğim bölgan otamni tuşunaman va hayotda menga töğri yöl körsatgan ustozlarimni tuşunaman. Şuning uçun men ota-ona va ustozlarimiz haqida şeʼr yozişga harakat qilaman. Yana men, Vatan deganda kindik qonimiz tökilgan tuproqni tuşunaman. Vatan bu bizga buyuk ajdodlarimizdan qolgan muqaddas göşadir. Vatan – ostonadan boşlanadi. Şuning uçun bu Vatanni oila timsolida köriş mumkin. Vatanimiz bu bizning tayançimiz va suyançimizdir.
Har kuni köramizki, jahon reytingida bizning Vatanimiz barça sohalarda yetakçi örinlarga çiqib bormoqda. Şuning uçun ham Prezidentimiz "Farzandlari soğlom yurt qudratli bölur, qudratli yurting farzandlari soğlom bölur”, – deydi va farzandlar soğlomligi, barkamolligi haqida qayğuradi. Şunday ekan, biz Vatanimizni faqat sevişimiz emas, uni buyuk ajdodlarimiz kabi köz qoraçiğimizday asraşimiz lozim. Vatan tuşunçasi faqat tilimizda emas, balki dilimizda ham bölişi lozim. Vatanimiz - bu bizning faxr-u iftixorimizdir. Şunday ekan, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek biz farzandlar: "Vatan menga nima berdi? – deb emas, "men Vatanga nima berdim?” deb yaşaşimiz lozim. Çunki biz – Vatanning kelajagimiz.
Aziza ÖROZBOYeVA,
"Barkamol avlod” bolalar markazi "Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi.
Non uvoği
Nonni köçada emang,
Uvoği tuşmas demang.
Otam unni topadi,
Onam nonni yopadi.
Çöğdan qizarsa tandir,
Zumda non tayyor axir.
Deya öylamang bekor,
Nonning köp uvoli bor.
Goho erda yotadi,
Bölaklari qotadi.
Noşud aqli kaltalar,
Hatto baʼzan kattalar,
Axlat çelakka taşlar.
Kimki nonni qilsa xor,
Özin ham etgay xor-zor.
Uvol qilmoqlik yomon,
Nonning uvoği ham - non.
Iroda YeRDOŞEVA,
38-sonli maktab öquvçisi.
Kasal bölgan oymomo
Kasal bölgan Oymomo,
Yotibdi betob bölib.
Körpa qilib olibdi,
Bulutni töp-töp qilib.
Kerakdir dori-darmon,
Şunda yöqolar armon.
Keçalar ertak aytar,
Yana bizga armuğon.
Bunyodbek YÖLDOŞEV,
8-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 5-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶