KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA
ĞIYBATNING UMRI
Bibijon momoning qişloqda obrösi baland edi. Kelin tuşiradigan ham, qiz çiqaradigan ham, yangi imorat boşlaydiganlar ham momoning duoi-fotihasini olişga oşiqişardi. Qişloqning yoşi katta onaxonlari momoni "Bek momo” deb siylaşar, maʼrakalarda aslo momodan oldin dasturxonga qöl uzatmasdilar, oldidan kesib ötmasdilar, andişasizlik qilib, törga çiqib olmasdilar. Kelinpoşşalar uçun momo hikmatlarning xazinasi edi. "Bilgir momo”, - deya taʼzimini kanda qilişmasdi ular. Yoş qizaloqlar, bolajonlar momoni körişlari bilan: "Aylanay momo” kelayotir!” – deb suyunişardi.
Qişloqning yuzi, çiroyi bölgan ana şu momo olamdan ötdi. Qişloq huvillab qoldi göyo. Har maʼrakada momoni tilga olib, soğinib eslaşadigan mahalladoşlar Rayim qöyçi (bu kişi qöy boqib, sotardi)ning nevara töyida bölgan bir gurungdan hang-mang bölib qolişdi. Töyga çiqqan xotin-xalajning oğzida duv-duv gap. Emişki, Bibijon momoning uçta kelini momodan qolgan mulk ustida talaşib, jiqqa muşt bölişibdi. Uçala ovsinning janjaliga aralaşgan aka-ukalar aççiq ustida hovlining uç tarafidan uçta eşik oçişib, özlariça ota-onasidan qolgan hovlini taqsimlab olişibdi. Momoning qizlari ota uylariga qay eşikdan kirişlarini bilmay, köçadan qaytib ketişibdi. Miş-mişki, kenja kelin "men bunday ğala-ğovurli, janjalli uyda yaşamayman”, - deb tugunini qöltiqlab, ota-onasinikiga ketibdi...miş...
Bu gaplarga birov işondi, birov "astağfirulloh”, deb yoqasini uşladi. Ayollarning gapiga zimdan quloq solib ötirgan Bibijon momoning ovsini Saida çeça:
- Hay, xotinlar, - dedi ovozini baland kötarib, - ovsinimning dunyodan ötganiga endi bir yil böldi. Kimsan "Bek momo” tarbiyasini olgan kelinlar, ayniqsa, öğillar bunday nomaʼqul işni qilişmaydi. Qani, aytinglar, u xonadondagi mojaroni kim köribdi?
Töyxonani boşiga kötarib ğiybatlaşayotgan ayollar jim bölib qolişdi. Xuddi şu payt ularning davrasiga Bibijon momoning uçta kelini ham kelib qöşilişdi. Hozirgina har tomondan gap taşlab ötirişgan xotin-xalaj xuddi opa-singillarday gul-gul oçilib, töyxonaga kirib kelgan uçala ovsinni körib, kalovlanib qolişdi.
- Ha, nega gapirmaysanlar, nega jimib qoldinglar? – Saida çeçaning kinoyaomuz, dadil ovozidan ayollar bir-birlarini turtib, ğimirlay boşlaşdi.
- "Bek momo”ngizning ikkala öğli şaharga yaqin joydan namunali uy olişgan, - dedi tantanavorlik bilan Saida çeça. – Bahodirjon bilan Nodirjon yangi uylariga köçib ötişayapti. Kenjatoy Sarvarjon esa ota uyini taʼmirlatişni boşlagan. Kenja kelin homilador, unga böyoq hidi taʼsir qilmasin, deb vaqtinça ota-onasinikiga olib borib qöydik. Qizlar esa mehmonga kelişsa, bizning uyimizdan kirib-çiqişayotir. Yana qanday axborot kerak-a? Uyalmaysizlarmi? Şuni aytadilar, "anglamay sözlagan oğrimay ölar”, deb. Ğiybatning umri eşikkaça, şuni bilib qöyinglar!
Uy töla xotin-xalaj yerdan boşini kötarolmay qolişdi.
OVSINLAR
Malohat, Zulxumor, Salomat va Ozodaxon - törtalasi ovsin. Oralaridagi yoş ham unçalik farqli emas, 2-3 yoş. Ularni mahalladoşlari ovsinlar, deyişadi-yu, bir-birlariga mehr-oqibatini, odamgarçiligini körib havas bilan:
- Tuğişgan opa-singillarday bir-birlariga mehribon-a, kiroyi kelining şularday bölişsa, - deb qöyişadi.
Nima böldi-yu, ana şu ovsinlarning orasidan ola muşuk ötib, bir-birlariga yovlaşdi-qoldi. Hammasi kenja kelinning tuğilgan kunidan boşlandi. Yangi kelinning oiladagi ilk tuğilgan kuniga ovsinlar puxta hozirlik körişdi. Ozodaxondan katta uçala ovsin bir-birlarining tuğilgan kunlariga örtaga pul yiğib, biron köylaklik matomi, jemper yoki zarur bölgan biron bir buyumni sovğa qilişardi. Bu gal ovsinlar yangi kelinçakning hamma narsasi bor-ku, nima olsak ekan, deb öylanib qolişdi.
- Yaxşisi, enamdan söraymiz, - fikr aytdi Malohatxon.
- Yaxşi öylabsizlar, - dedi katta kelinining bu fikridan quvongan Guljon ena, - yiqqan pullaringizni menga beraqolinglar, özimdan ham qöşib biron narsa olarman.
Örtaga qaynonasi ham pul qöşajagidan suyungan ovsinlar 150 ming söm pulni jon-jon deb Guljon enaning qöliga tutqazişdi.
Qaynonaning ham öz rejasi bor edi. Töy arafasida yangi kelinga atab sirğa sotib olişga qurbi yetmay, tilla taqinçoqlar sotuvçi Şukurjon tillaçidan sirğani qarzga olgan, pul topganida qarzini tölab, kelinning sirğasini yaxşiroğiga almaştirib olişga kelişgan edi. Kelinlarining örtaga yiqqan pullari bilan özi töplab qöygan pulni oldi-yu, Guljon ena şu kuniyoq Şukurjon tillaçinikiga yöl oldi.
- Qizim, - dedi u quvona-quvona, - qarzimni tölagani keldim. - Endi menga sirğalaringdan yaxşiroğini bersang, katta kelinlarimnikidan kam ham bölmasin, ötib ham ketmasin.
Şukurjon tillaçi Guljon enaning kelinlari taqib yurgan sirğalarni yaxşi bilardi. Axir enaga özi sotgan-da. Şuning uçun tilla taqinçoqlar qutisini oçdi-da, sirğani ham özi tanladi. Brilliant közli, qulfi mahkam oçilib-yopiladigan çiroyli sirğani enaga tutqazarkan:
- Mana, enajon, yaxşi kunlariga buyursin, - deyişni ham unutmadi.
Guljon ena ming aylanib-örgilib, vaqtinça taqib turiş uçun olingan sifati pastroq sirğani ertaga olib kelib berişini aytib, xayrlaşarkan:
- Sening borliginggayam şukur-a, Şukurjon qizim, - dedi çin dildan.
Uyga kelib, kenja kelinni yoniga çaqirib, bor gapni aytgaç, kelinning quloğidagi omonat sirğani yeçtirib oldi-da, yangi sirğani berdi.
- Mana bu tuğilgan kuningga bizning sovğamiz, buyursin, bolam, - dedi tölqinlanib.
Mehmonlar, ota-onasi oldiga çiqqan kelinçak quvonçini yaşirolmay, quloğidagi brilliant közli yangi sirğani köz-közladi. Hammalari "buyursin, buyursin”, deyişdi. Lekin ovsinlar...
- Malohat çeça, - dedi Salomat hovliqib, - kördingizmi, enamning köngli ola ekan.
- Birinçi tuğilgan kunimda menga ikki dona çinni patnis sovğa qilgandi kampirşo, - biroz jizzakiroq Zulxumor ijirğanib qöydi.
- Menga römol, - dedi Salomat.
Katta ovsin indamadi. U kiçik ovsinlariga qaraganda mulohazali, yetti ölçab, ber kesadigan ayol edi. Şuning uçun:
- Enam rejasiz iş qilmaydilar, - dedi ovsinlarini tinçitiş uçun. – Qolaversa, bizlar bir kelib-ketuvçi mehmonlarmiz, rözğorimiz bölak. Uçalamizga ham havas qilguday hovli-joylar qilib berişgan. Bitta sirğani deb tillaringizga erk bermanglar. Gap sovğada emas.
Şu kundan boşlab Salomat bilan Zulxumor özgardi. Ikkalasi bir bölib katta ovsinni qaynonasining tarafini olganlikda ayblaşdi. Har haftada bir-birini körmasa turolmaydigan ovsinlar endi bir-birlarini yöqlamay qöyişdi.
- Mening qadrim ikkita çinni patnis ekan-da, - özini xörlanganday his qildi Zulxumor.
- Ozodani yaxşi köradi, menga birinçi tuğilgan kunimda römol sovğa qildi-ya, bu maston, - içi gumonga töldi Salomatning.
Salomat ham, Zulxumor ham könglidagi gumonlarini alla-qaçon tillariga çiqarib gullab qöyişgan, sirğa mojarosi mahalla ayollari orasiga tarqalib, oilaning siri oçilib bölgan edi.
Malohatxon esa oradan ikki kunni ötkazib, bolalarini olib qaynonasini körgani bordi.
- Kelganing yaxşi böldi, - dedi Guljon ena nevaralarini bağriga bosib. – Öşa kuni mehmonlar bilan bölib, sizlarga aytmabman. Şukurjon tillaçidan sirğani omonat olib turgandim. Sizlarning örtaga yiqqan pullaringiz bilan özimnikini qöşib, öşa sirğani olib kelgandim, ming-ming rahmat, bolam. Sizlar bölmaganingizda kelinga sirğa qayoqda edi.
Malohat qaynonasining rejasiz iş qilmasligini juda yaxşi bilar, şuning uçun kiçik ovsinining tuğilgan kunida ovsinlarini qayirib solgandi. U qaynonasi oldida özidan kiçik ovsinlarining qiliqlari uçun mulzam bölib, boş egib ötirardi. Qişloq ayollari esa har yer, har yerda yangi kelinga tuğilgan kunida Guljon ena sovğa qilgan zirak haqida biçib-töqişardi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶