Adabiyot
👁 2,808
NAVRÖZ
Ilk xabaring yetkazdi tongdagi sabo, Navröz!
Şundan beri qalblarda özgaça safo, Navröz!
Bu yil erta kelgan bahor jonlantirib borliqni,
Hattoki yoş maysalar ham yangratar navo, Navröz!
Alvon rangda köz quvnatar boğ-u boğçalar yana,
Kök somsa-yu sumalaging ming dardga davo, Navröz!
"Dehqon bobo, tur” degandek samodan ovoz kelar,
Turnalarning saslari bu kökdagi sado, Navröz!
Oq libosin bermadi-ku bu yil tabiat deya,
Zamin kiyibdi butkul yaşildan qabo, Navröz!
Ötgan qişdan öpka yöğ-u, lek baribir boşqaça,
Hut kirib kelgandan beri atrof bahavo, Navröz!
Tört faslning tarovati şukuhli, ammo Ahmad
Bahor vasfin kuylamoqdek dardga mubtalo, Navröz!
Ahmad NAFASOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶