KÖNGLIMIZ ALLOHDA, QÖLIMIZ IŞDA BÖLSIN!
Dunyoda heç bir boylikka alişgusiz oqşomlari osuda, kunduzlari çaroğon, fayzli yurtimizda tinç-xotirjam umr-guzaronlik qilayotgan zamondoşim! Yurtimizda qutluğ evrilişlar bilan keçayotgan köklamning yana bir kuni poyoniga yetmoqda. Oilangiz tinç, könglingiz tinç, xotirjam orom olişga çoğlanmoqdasiz. Şoşmang, azizim! Qölingizga bir varaq qoğoz, qalam oling. Qoğoz örtasiga doira çizing. Doirani quyoş deb tasavvur qiling-da, atrofiga şuʼla-çiziqçalar torting. Keyin har bir çiziqçaga oilangiz xotirjamligi boqiy, farzandlaringiz oqil, mehr-oqibatli bölişi uçun, özingiz yaşayotgan şu möʼjaz yurt yanada taraqqiy etişi uçun bugun nimalar qilganingizni birma-bir yozing.
Agar hovlingiz atrofida heç bölmasa bir neçta tup köçat ötqazib, parvarişlab, kamolga keltirayotgan, gullaringiz qiyğos oçilib, atrofga muattar böy taratib, körgan közni yaşnatib turişiga erişgan bölsangiz, öz köçangiz, mahallangizning ham obod bölmoği uçun nimadir qilgan bölsangiz, kimgadir yöl-yöriq berib, kimgadir yordam berolgan, iş joyingizda xizmat vazifangizni yaxşi ado etgan bölsangiz, demak, umringizning bir kuni bekor ketmabdi. Yaratganning buyuk inʼomi – tiriklikning ölçovli onlarini qadrlay olibsiz. Yurtimiz taraqqiyotiga, gullab-yaşnaşiga baholi qudrat hissa qöşibsiz. Biroq döstlaringiz, siz bilan yonma-yon yaşayotganlar-çi?
Mubolağa emas, har birimizning, hammamizning ertagi kunga işonç bilan qarab, ezgu niyatlar bilan qilgan saʼy-harakatlarimizning, izlanişlarimizning samarasi, istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalaniş bizni bugungiday dorilomon kunlarga eltdi. Şu aziz Vatanda inson baxt-saodati uçun dadil intilişlarga eşik oçdi. Birgina tumanimiz misolida olib qaraydigan bölsak, joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, quriliş, xizmat körsatişni yaxşilaş maqsadlariga 26,5 milliard sömdan ortiq mablağ ajratildi. Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida 12,5 milliard sömlik Jumurtov – Manğit zahira liniyasi tortilmoqda. 128 milliard sömlik Qipçoq panton köprigi örniga zamonaviy uslubdagi uzunligi 350 metr bölgan temir-beton köprik qurilişi uçun loyiha hujjatlarini tayyorlaşga buyurtma berildi. Tumanimizning tabiiy gaz yetib bormayotgan hududlari aholisiga qulaylik yaratiş uçun "Şimolgaztaʼminot” unitar korxonasining tuman filialida gaz ballon bilan taʼminlaş markazi xizmati yölga qöyilayapti. Tadbirkorlarning öz biznesini rivojlantirişi, yangidan iş boşlaş istagida bölgan fuqarolar uçun joriy yilda 378 ta loyiha uçun kredit mablaği ajratildi. Yöllarimiz ravon bölişi uçun taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Bularning bari siz uçun, men uçun, hammamiz uçun, heç kimdan kam bölmay yaşaşimiz uçun, farzandlarimizning barkamol bölib voyaga yetişi uçun! Biroq bularni çin qalbimizdan his qilib, qadriga yetayapmizmi? Imkoniyatlar ostonasidan dadil odimlayapmizmi? Ertagi kunimizning vorislari – farzandlarimiz özimizdan ham baxtiyor, farovon yaşaşi uçun intilayapmizmi? Hayot – özgarayapti, zamon tezkor, şiddatli! Biz özgardikmi? Öz-özimizga qayta-qayta savol berib, ijobiy javob olişga erişmoğimiz lozim. Çunki loqayd odam el nazaridan qoladi.
Hayotimizning har lahzasi yaratiş, yaşnatiş uçun bir imkoniyatdir. To belimizda quvvat, közimizda nur bor ekan, könglimiz Allohda, qölimiz işda bölişga daʼvat etilganmiz.
Endi keling, maqola muqaddimasidagi sözimizga qaytamiz. Ha, quyoşni, şuʼlalarini çizdingiz. Endi şu şuʼla-çiziqçalarga qilgan işlaringizni yoza boşladingiz. Iloho çiziqçalar, çiziqçalar ustida qilgan işlaringizning qaydlari köpayaversin! Çunki quyoş qançalik nurli bölsa, olam şunçalik çaroğon bölgani kabi qilgan ezgu işlaringiz ham umringizni nurli, sururli qiladi, azizim.
Oygul RAJABOVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶