TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI OʻTKAZILDI
2016 yil 30-aprel kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻn sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyaga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topshirigʻiga binoan deputat R.Roʻzmetov raislik qildi.
Sessiya kun tartibiga "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi hamda tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida ijrosi toʻgʻrisida”gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmonining tumanda ijrosi toʻgʻrisida”gi, "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2016-yil birinchi chorakdagi ijrosi toʻgʻrisida”gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi” normalarining tumanda ijrosi toʻgʻrisida”gi hamda "Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining faoliyati yuzasidan doimiy komissiya raisi M.Kazakovning hisoboti toʻgʻrisida”gi masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Yangibayeva, ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.Temirboyev, uchinchi va beshinchi masalalar boʻyicha Kengash doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov, toʻrtinchi masala boʻyicha tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovlar axborot berdi.
Kun tartibidagi masalalar boʻyicha tayyorlangan axborotlar, muzokaralarda ishtirok etganlarning fikr va mulohazalari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining
axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶