FUQAROLAR YIGʻINI RAISI VA UNING MASLAHATChILARI SAYLANDI
5 may kuni "Qangli” ovuli tarkibidagi "Qum yop” mahallasi fuqarolari vakillarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, unda fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilarini saylash masalasi koʻrib chiqildi.
Yigʻilish "Qum yop” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tomonidan hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda koʻrsatilgan, tuman komissiyasiga taqdim qilinib, tuman hokimining kelishimi olingan nomzodlar boʻyicha ochiq ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi.

Oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi printsiplari asosida oʻtgan saylov yakunlariga koʻra, shu paytgacha mahalladagi 39-sonli maktabda oʻqituvchi vazifasida ishlab kelayotgan Oʻ.Saʼdullayev "Qum yop” mahalla fuqarolar yigʻini raisi qilib saylandi. Shuningdek, muqobillik asosida yigʻin raisining 8 nafar maslahatchilari ham ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Tuman hokimligining
axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶