Mening biznes ğoyam
Yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş maqsadida joriy yilning 20 mart sanasida "Mening biznes ğoyam” loyihasi doirasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari örtasidagi tanlovning tuman saralaş bosqiçi ötkazildi. Tuman bosqiçida Manğit Iqtisodiyot kolleji öquvçilaridan Muazzam Fayzullaeva, Gulnoza Asqarova hamda Madina Karimovalarning tayyorlagan biznes loyihalari yuqori baholanib, ğolib deb topildi va tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qiliş uçun yöllanma berildi.
Tanlovning ikkinçi bosqiçi 26-28-aprel kunlari Nukus şahridagi "Yoşlar markazi”da 3 kun davomida ötkazildi. Bu bosqiçda Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçilari Muazzam Fayzullaeva "Qandolatçilik mahsulotlari” va Gulnoza Asqarova "Gulçilik” loyihalari bilan iştirok qilişib, ğoliblikni qölga kiritişdi va tanlovning Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Bugungi kunda ilmga çanqoq yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ular isteʼdodini namoyiş qiliş uçun yoşlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan öquvçilarimizning kelgusida ham öz intilişlari tufayli yuksak çöqqilarni zabt etişiga işonamiz.
Farrux RAJABOV,
Manğit Iqtisodiyot kolleji "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkiloti etakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶