OILAVIY ShAXMATChILAR BELLAShDILAR
Qadimiy aql-idrok oʻyini sanalgan shaxmat va shashkani maʼnaviyatimizning bir boʻlagi sifatida eʼzozlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini oʻstirish hamda yosh shaxmatchilarning ushbu sport turi boʻyicha malakalarini oshirish, xususan, voyaga yetmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida yaqinda 31-sonli umumtaʼlim maktabi binosida "Biz aql-idrokli oilalarmiz” mavzusida musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Sportning shaxmat turi boʻyicha "Biz aql-idrokli oilalarmiz” turniri musobaqalari har yili oilalar oʻrtasida oʻtkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etgan har bir oila 6 nafar ishtirokchidan, yaʼni, 2 nafar 60-75 yoshgacha boʻlgan buva va buvi, 2 nafar 35-45 yoshgacha boʻlgan ota va ona, 2 nafar 11-14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qizdan iborat oilaviy 8 ta jamoa ishtirok etdilar. Bu gal ham musobaqalarning tuman bosqichi murosasiz bahslarga boy boʻldi.
Natijalarga koʻra 3-oʻrinni Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻinidan Qoʻchqorboy Toʻrayev oilasi, 2-oʻrinni Durunki mahallasidan Adilboy Allamberganov oilasi, faxrli 1-oʻrinni "Doʻstlik” mahallasidan Bekjon Rahimovlar oilasi egallab, musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblarga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻa va diplomlar topshirildi.
Oʻzaro doʻstlik bayramiga aylanib ketgan sport musobaqasi koʻtarinki ruhda yakunlandi. "Xizr eli” mahallasidan Oʻrazboyevlar oilasi, "Boʻz yop” ovulidan Shomurodovlar oilasi, Oʻrta qalʼa ovulidan Rahimovlar oilasi, Tosh yop ovulidan Rajabovlar oilasi, Gulzor mahallasidan Yoʻldoshevalar oilasi "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Gavhar ChIMBAYChIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvi bosh mutaxassisi.
(Foto - http://idum.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶