28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Salomatlik 👁 245

“TOʻLQIN” OILAVIY ShIFOKORLIK PUNKTI: XALQ SALOMATLIGI YOʻLIDA

“TOʻLQIN” OILAVIY ShIFOKORLIK PUNKTI: XALQ SALOMATLIGI YOʻLIDA

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida birlamchi tibbiy muassasalar faoliyatini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Salkam 30-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Toʻlqin” oilaviy shifokorlik punkti ham ana shu eʼtibor tufayli bugun hudud ahlining salomatligini saqlash borasida salmoqli natijalarga erishmoqda.

Oʻtgan yillar davomida ushbu tibbiyot muassasasi hudud aholisiga sifatli va tizimli tibbiy xizmat koʻrsatish orqali oʻz nufuzini mustahkamladi. Bugungi kunda u zamonaviy talablar asosida ish olib borayotgan, fidoyi xodimlarni jamlagan ilgʻor sogʻliqni saqlash maskanlaridan biri sanaladi.

Malakali kadrlar – sifat kafolati

Sifatli tibbiy xizmatning asosiy mezoni malakali kadrlardir. Ayni paytda oilaviy shifokorlik punktida 3 nafar oilaviy shifokor va 1 nafar stomatolog-vrach faoliyat yuritmoqda. Eʼtiborlisi, shifokorlarning 2 nafari oliy toifali mutaxassis boʻlib, katta tajribaga ega. Shuningdek, muassasada 1 nafar feldsher, 2 nafar laborant, 3 nafar doya va 12 nafar hamshiradan iborat jonkuyar oʻrta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda. Ular tarkibida 2 nafar oliy, 2 nafar birinchi va 4 nafar ikkinchi toifali mutaxassislarning borligi koʻrsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ushbu jamoa har bir bemor dardiga malham boʻlishni oʻzining kasbiy burchi deb biladi.

Raqamlarda namoyon boʻlayotgan masʼuliyat

“Toʻlqin” oilaviy shifokorlik punkti bugungi kunda 769 ta xonadonda istiqomat qiluvchi jami 6 ming nafardan ortiq aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Bu muassasa xodimlari zimmasiga qanchalik katta masʼuliyat yuklashini anglash qiyin emas. Aholining demografik tarkibiga nazar tashlasak, 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar 125 nafarni, 14 yoshgacha boʻlgan bolalar 1888 nafarni, oʻsmirlar esa 312 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, tugʻish yoshidagi ayol-qizlar soni 1 ming 512 nafar boʻlib, ularning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, ona va bola salomatligini asrash muassasa jamoasining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Raqamlashtirish va zamonaviy sharoitlar

Muassasaning moddiy-texnik bazasi ham bosqichma-bosqich mustahkamlanib bormoqda. Barcha xizmat xonalari soʻnggi rusumdagi kompyuter texnikasi bilan taʼminlangani tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish, yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va xizmat koʻrsatish tezkorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Alohida eʼtirof etish joizki, 6 nafar patronaj hamshiraning zamonaviy planshetlar bilan taʼminlangani ularning uyma-uy yurib xizmat koʻrsatish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi va nazorat tizimini takomillashtirdi.

Tibbiy maskanda bemorlar uchun roʻyxatxona, stomatologiya, vrachlar va ayollar koʻrik xonalari, zamonaviy tahlilxona, emlash va muolaja xonalari, shuningdek, kunduzgi statsionar xonalari faoliyat yuritmoqda. Barcha xonalar aholiga qulay va sifatli xizmat koʻrsatish uchun zarur uskunalar va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan toʻliq taʼminlangan.

“Toʻlqin” oilaviy shifokorlik punkti hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va aholining tibbiy madaniyatni yuksaltirish yoʻlida tizimli ish olib borayotgan maskan sifatida oʻz ezgu faoliyatini izchil davom ettirmoqda. Bu ishlarning zamirida inson qadrini ulugʻlashdek oliy maqsad mujassamdir.

Xoʻjaboy EGIZBOYeV, oilaviy shifokorlik punkti mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026