BUGUNNING BOLALARI
Aylanay Mustaqillik! Aylanayin ERK,
Sen bilan özligin angladi özbek!
Vatan uluğ yölda! Oçayotir körk,
Har köngil öz yeri, öz eliga Bek –
Istiqlol ufqlari porloq bolalar!
Keça jöyaklarda köz yorgan ona –
Bugun Baxt köşkida! Vatan – parvona.
Muhabbat çaşmida ungan homila
Dunyoga kelgunça çeksiz himoya –
Soğlom tuğilsin deb gödak – bolalar!
Qarang, mahallalar bağrin töldirib,
Oila çamani gullar qulf urib.
Mehr ummonlari aro çömilib,
Baxtiyor bolalik gaştini surib,
Ulğayar bölğusi podşoh bolalar.
Soğlom ona-bola – soğlom kelajak –
Ustuvor siyosat mangu qolajak.
Ona yurt köksida gul oçgan çeçak
Dunyo ayvoniga qadam qöyajak –
Nigohlari olov – çaqnoq bolalar!
Barining köksida ğurur, iftixor,
Hurriyat şavqidan dillarda viqor.
Bundayin tinç hayot ayting, qayda bor?
Keksalar duoda, şukr etar ming bor:
– Omon bölsin qalbi uyğoq bolalar!
Ey, ota makonim, mulki Turonim,
Ozod yurtim mening, Özbekistonim!
Buyuk Jaloliddin siyoqli mardim,
Amir Temur yangliğ sohibqironim –
Elga qaytmiş dono, hoqon Bolalar!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶